Qirgʻizistonda, MDH hududida qoʻporuv amaliyotini amalga oshirmoqchi boʻlgan “terrorchi” qoʻlga olingani iddao qilindi

0
829

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining xabar qilishicha, 20-aprelda Oʻsh viloyatida yashovchi 1994 yili tugʻilgan S.T ismli shaxs qoʻlga olindi.

“U 2013-yili terrorchi guruhlar safiga qoʻshilib, Suriyaga joʻnatilgani aniqlandi. Suriyada u harbiy harakatlarda, asrlarni ommaviy qatl qilishda ishtirok etgani maʼlum boʻldi”,- deyiladi MXDQ xabarida.

Xabarda aytilishicha, S.T oʻtgan yilning fevral oyida qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtganidan soʻng MDH hududida Gʻalaba bayrami nishonlanayotgan kunlari terror hujumlarini tashkil qilish topshirigʻini olgan. Ayni vaqtda u MXDQning tergov hibsxonasiga joylashtirilib, jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Turkiston:
Rossiyada davlat krizisi boshlanib, Putin va uning rejimi siyosiy qaltis ahvolga tushib boryapti. Putin vaziyatdan qutilib olish uchun butun MDH davlatlarini hamkorlikka chaqirib, umumiy ichki xavfsizlik tizimini tuzishga daʼvat qildi. Buning uchun Suriyadan qaytib kelayotgan mujohidlar barcha uchun barobar xavf tugʻdirayotgandek vaziyatni paydo qilish kerak, degan fikrni MDH rahbarlariga uqtirmoqda. Bundan tashqari, MDH davlatlarining birortasida qoʻporuv amaliyoti sodir etilsa, barchalari undan oʻz xavfsizliklarini yanada mustahkamlab olishda va ichki keraksiz kuchlardan tozalanib olishda birdek foydalana oladigan muhitga ega boʻlishmoqchi.

Bu masalada Qirgʻiz hukumati peshqadamlardan boʻlib, yuqorida aytib oʻtilgan oʻz fuqorosini navbatdagi qurbon qilib koʻrsatmoqda. Avval Akbarjon Jalilovni putinchilar qalbaki amaliyotida qurbon qilgan edi. Keyinroq Qirgʻiz MHDQ tashkiloti tomonidan Jalolobod shahrida yashagan Akram Azimov ismli bir yigitni shifoxonada davolanayotgan joyidan olib, Rossiya federal xizmati xodimlariga topshirib yuborishdi. Bu haqida “Ozodlik radiosi” 20.04. 2017 kungi sonida batafsil bayon qildi. “Ozodlik”ning aytishicha, Akram Azimovni Osh shahar shifoxonasida 15 aprel kuni operatsiyadan chiqib, ogʻir ahvolda yotgan joyidan olib ketishgan. Buni mahbusning onasi, ukasi va shifoxona ishchilari tasdiqlashgan. 17 aprel kuni esa, goʻyo Rossiya federal xizmatchilari Azimovni Moskva koʻchasidagi avtobekatdan qoʻlga olishgan boʻlishdi.

Qirgʻiziston putinchilarning iflos harakatlariga keng quloch ochib, ular bilan hamkorlik qilish tomon chopib boryapti. U birin ketin oʻzining fuqorolarini va ularning oila aʼzolarini qon qaqshatib, kufr manfaatlari yoʻlida qurbon qilib yuboryapti.

Izohlar yo'q