Patrushev: 2700 nafar kavkazlik Iroq va Suriyada jang qilmoqda

0
401

Stavropol viloyatida terrorizmga qarshi kurashga bagʻishlangan majlisda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Shimoliy Kavkaz hududining 2700 nafar vakillari Suriya va Iroq hududida terrorchilar safida jang qilayotganini xabar qildi.

Xavfsizlik kengashi kotibi mahalliy hokimiyatni aholi orasida profilaktika ishlarini kuchaytirishni, internet manbaalarini monitoring qilishni, OAVlarni, jamoat va yoshlar tashkilotlarini hamda diniy uyushmalarni targʻibot ishlariga chorlashni taklif qildi.

Patrushev, terrorchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun, migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirishni, Shimoliy Kavkaz hududida migratsiya qonunchiligini bajarish kerakligini taʼkidlab oʻtgan.
“Migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirish kerak, migratsiya qonunchiligiga rioya qilishni taʼminlash kerak, migrantlar orasida gʻayriqonuniy hatti-harakatlar qilishga tayyor boʻlgan, radikal diniy qarashli shaxslarni aniqlash kerak”, – dedi Patrushev.

Patrushevning soʻzlariga koʻra, shov-shuvli teraktlar amalga oshirish maqsadida, Shimoliy Kavkaz hududida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan, avtonom, yashirin terrorchi guruhlar tuzishga urinishlar boʻlmoqda.

Izohlar yo'q