Oliy darajadagi sammit hamda AQSh va Xitoy rahbarlari oʻrtasidagi sirli yozishmalar

0
830

Doktor Abdulloh Rubin qalamiga mansub

Raketalar va savdo mavzulari Amerika bilan Xitoy oʻrtasidagi qaynoq masalaga aylandi. Butun dunyo AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan Xitoy prezidenti Si Tszinьpin oʻrtasida joriy yil 6-7 aprelda boʻlib oʻtadigan Oliy darajadagi sammitda nimalar boʻlishini qiziqib kutmoqda. Saylanishidan oldin Tramp Xitoy bizning dushman, degan gapda qattiq turdi. Tramp saylangan kuni xitoylik bir harbiy rasmiy masʼul, Tramp maʼmuriyati davrida urush chiqishi “quruq shiorlar emas, balki real ehtimolga aylangani”ni taʼkidladi.

Keyinroq Xitoy harbiylari Xitoyning “Dunfen-41” rusumli eng zamonaviy ballistik raketalarining Rossiya chegaralari yaqinidagi Xeyluntszyan provintsiyasi shimoliy sharqiga joylashtirilgani aks etgan suratlarni sizdirib chiqarishdi. Shunday boʻlsa-da, Kremlь matbuot voizi Dmitriy Peskov joriy yilning 24 yanvarida “Xitoyning oʻz qurolli kuchlarini rivojlantirishini, mamlakatimiz uchun tahdid hisoblamaymiz”, deya bayonot berdi.

Oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: agar bunga Rossiya tahdid deb qaramasa, u holda, qaysi davlatga tahdid boʻlishi mumkin?

Tramp Xitoyni Amerikani arzon tovarlarga koʻmib tashlash uchun oʻz valyutasi qiymatini pasaytirganlikda aybladi hamda Tayvan bilan munosabatlarga kirishib Janubiy Xitoy dengizi mintaqasida beqarorlikni yuzaga keltirish orqali “Yagona Xitoy siyosati”ni oʻzgartirishi mumkinligi bilan tahdid qildi. Reks Tillerson AQSh tashqi ishlar vazirligi vazifasini rasman qabul qilib olishi marosimida “Biz Xitoyga aniq signal yuborishga majburmiz. Chunki ular Xitoy haqli boʻlmagan yerlarni oʻzlashtirib, bu yerlar ustida nazoratlarini oʻrnatishmoqda”, dedi.

Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari oʻtkazishiga rad javobi sifatida, Amerika Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga qaror qildi va bu Xitoyni gʻazablantirdi. Xitoy ham bunga javoban, Janubiy Koreya shirkatlariga iqtisodiy sanktsiyalar joriy qildi. Reks Tillerson esa, oʻtgan oy Xitoydalik paytida buni qoralab, “Janubiy Koreyaga qarshi iqtisodiy qasos, notoʻgʻri va tashvishlantiruvchi ishdir”, dedi. Shimoliy Koreya mart oyida raketa sinovlari oʻtkazganidan soʻng, Tramp ogohlantirib, “Men Xitoy bilan Shimoliy Koreya oʻrtasida nimalar ketayotganini juda yaxshi bilib turibman”, dedi. Amerika Xitoyga tahdid qilish uchun Shimoliy Koreya masalasidan foydalanib keladi. Oliy darajadagi sammitdan oldin, yakshanba kuni uning davlati agar kerak boʻlsa, bir tomonlama choralar qabul qilishga tayyor ekanini aytib, “Xitoy yo bizga Shimoliy Koreya masalasida yordam berishga qaror qilishi kerak, yoki yoʻq”, dedi. Ushbu taranglik sammit boshlanishiga bir kun qolganda yanada taranglashdi, chunki Shimoliy Koreya yana dengizda raketa sinovini oʻtkazdi.

Shunday boʻlishiga qaramay, sammit oʻzaro izzat-hurmat va doʻstona iboralar bilan yakunlandi. Mushtarak manfaatlar ham shular jumlasidan. Bu manfaatlarni Amerikalik vazir Stivena Mnuchina “Yanada muvozanatli savdo muhitini yaratishga ehtiyoj bor”ligi bilan izohladi. Bundan tashqari, Janubiy Koreya bosh vaziri Xvan Gyoan sammit tugagan kunning ertasiga ertalab prezident Tramp bilan telefon orqali soʻzlashganini aytar ekan, jumladan, bunday dedi: “Prezident Trampning aytishicha, u Xitoy prezidenti bilan Shimoliy Koreyaning yadroviy muammosi va unga nisbatan javobning xavfli boʻlishi mumkinligi, yaʼni AQShning oʻz pozitsiyasini raketalarga qarshi mudofaa “THAAD”ni joylashtirish tomon oʻzgartirish mumkinligini atroflicha muhokama qilgan”. Biroq oʻzaro maqtovlar birorta ham kelishuv bilan qoʻllab-quvvatlanmadi, bu esa ayni Oliy darajadagi sammitning diplomatik jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻganini koʻrsatadi.

Tramp xitoylik hamkasbi bilan kechki ovqat dasturxoni ustida oʻtirgan paytda Amerika tomonidan Suriyaga raketa zarbalarining berilishi, yaqqol ogohlantiruv boʻldi. Yaʼni bu bilan Amerika oʻz manfaatiga tahdid tugʻdirgan har qanday davlatga qarshi kuch ishlatishga doim tayyor ekani bilan ogohlantirdi. Shunday boʻlsa-da, har doim ham Amerikaning qoʻli baland kelavermaydi. Masalan, Xitoy prezidenti sammitdan qaytayotib, kutilmaganda Alyaskaga qoʻndi va buni ayni shtat hokimi bilan uchrashish va samolyotiga yonilgʻi quyib olish maqsadi bilan izohladi. Uning bu ishi juda gʻalati. Xitoy-AQSh oʻrtasidagi tijorat reyslari juda kamdan kam toʻxtaydi. Chunonchi Alyaska Amerikaning shtati. Dunyo rahbarining shtat hokimini ziyorat qilishi gʻayritabiiy hol. Aftidan, Xitoy rahbarining bu ishidan bunday demoqchi boʻlganini tushunish mumkin: Birinchidan, agar Tramp Tayvanni mustaqil davlat, deb oʻylayotgan boʻlsa, Xitoy ham bunga qashri javob yurishi qilishni yaxshi biladi. Ikkinchidan, Tramp mustaqil bir davlatga hech qanday xalqaro ruxsatsiz ravishda raketa zarbalari berdi va buni Xitoyga kuchini koʻrsatib maqtanish maqsadida qildi, boshqa jihatdan, Xitoy rahbarining Alyaskaga toʻxtashi, bir ogohlantiruv hamdir. Yaʼni Xitoyning shimoliy sharqiy qismidagi yadroviy raketalari, shimoliy qutb doirasining shimoliy sharqiy qismi boʻylab uchib, AQSh va uning Alyaskasiga yetib borishga qodir…

Xullas, bu kurashda kim gʻolib boʻlishini hamda Janubiy Koreyada raketalarga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishi masalasi nima boʻlishini va bu tizimning joylashtirmasligi uchun Xitoy Amerika oldida qanday yon berishlar taqdim etishini hodisalar oqimini kuzatib borish natijasida bilib olamiz.

Roya gazetasining 2017 yil 12 aprel chorshanba kungi 125-sonidan

Izohlar yo'q