Sadir Japarov qamoq shifonasiga yotqizildi

0
649

Sadir Japarov qamoq shifonasiga yotqizildi

OAV xabar qilishicha, milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari tomonidan 25 mart kuni qamoqqa olingan Qirgʻiziston parlamentining “Ata-Jurt” partiyasidan sobiq deputat Sadir Japarov tergov izolyatorida boʻyin va qoʻl bilagi sohalarida jarohatlar bilan topildi. Bu haqda Jazoni ijro etish xizmati xabar bergan.

Maʼlum qilinishicha, muxolifatchi oʻziga oʻzi jarohat yetkazgan.

“Japarovning ahvoli barqaror, muhim aʼzolar shikastlanmagan. Uning ushlab turilishi sharoitlari va Jazoni ijro etish xizmati xodimlariga eʼtirozi yoʻq. Uning bunday qilishiga yaqinlarining asossiz hibsga olinishi sabab boʻlgan”,- deyilgan xabarda.

Maʼlum qilinishicha, voqea joyiga maxsus prokuratura va mamlakat ombudsmeni vakillari tashrif buyurishgan.

Turkiston:

Qirgʻiziston hokimiyati “burgaga oʻchashib koʻrpani yoqish” qabilida ish olib boryapti. Ular hokimiyatni oʻz qoʻllarida ushlab qolish uchun har qanday vositalarni ishga solish bilan, Qirgʻiz davlatchiligini yoʻq qilib, mamlakatning boshqaruv sistemasini buzib yuborishyapti. Yaʼni, har qanday davlatchilikni, maʼlum bir boshqaruv sistemasiga asoslangan printsiplar ushlab turadi. Bu sistema esa, qonun ustivorligi printsipining saqlanib turishiga bogʻliqdir. Bu esa, har bir fuqoroning qonuniy haq huquqlari davlat apparati tomonidan muhofaza qilinishi kerak, degan maʼnoni anglatadi. Aks holda davlat apparati oʻzining sistemadagi vazifasini va mavjud boʻlib turish tabiatini yoʻqotib, bir guruhning qoʻlida qurolga aylanib qoladi.

Qirgʻiz davlat apparati fuqorolarning haq huquqlarini poymol qilib kelyapti. Nafaqat qamoqxonadagi, balki tashqaridagi fuqorolardan tushayotgan arz va shikoyatlar ham beparvolik bilan javobsiz qoldirilyapti. Odamlar boshiga tushayotgan musibatlarida kimga murojaat qilishni bilmay qolishdi. Kuch organ strukturalari bu siyosiy bosh-boshdoqliklardan foydalanib, fuqorolarga zulmni yanada kuchaytirib borishyapti. Turmalarda vaziyat undan ham ogʻir. Qariyb bir oy ochlik aktsiyasini uyushtirgan mahbus musulmonlarga boʻlgan davlat munosabatini eslang.

Shu vaziyatda fuqorolar oʻz muammolarini qonuniy yoʻl bilan hal qilishdan umidlarini uzib, Japarov singari keskin yoʻllar bilan oʻzini va yaqinlarini himoya qilmoqchi boʻlishadi. Chunki davlat oʻzining asosiy vazifasi boʻlgan ishlarni bajarishdan ham boʻyin tovlamoqda. U davlat apparatidan faqat hukumat manfaati uchun foydalanib, sud, prokuratura va boshqa barcha kuch organ xizmatlarining masuliyat va vazifalarini manapoliya qilib oldi. Bu jirkanch harakatlarini oqlash maqsadida, axborot vositasida, zulmlanayotgan tomonni tinmay qoralab boryapti. Eng kuchli zulm musulmonlarga qarshi qaratilayotgani bois islomiy “terrorizm, ekstremizm” kabi bir qator kufr terminlaridan foydalanib, mazlum musulmonlarga va baʼzi muxolifat vakillariga qarshi maʼlumot hujumlarini uyushtirib boryapti. Qirgʻiz yetakchi guruhi hokimiyatdagi kreslolarini saqlab qolish maqsadida, Qirgʻiz davlatchiligini xonavayron qilib yuborishyapti. Ular oʻzlari uchun nomaʼqul kuchlarga qarshi kurashayotib, davlatchilik tomonidan oʻz raqiblarining qonuniy haq huquqlarini himoya qilib berishlari kerak edi.

Moʻʼminlar amiri hazrati Umar R.A.ning juda koʻp musulmonlarni qoni toʻkilishiga sababchi boʻlgan Fors qoʻmondoni Hurmizonga qilgan muomilasini eslang. U oʻlim jazosiga hukm qilingan edi. Hurmuzon oʻlimi oldidan bir kosa suv soʻradi. Qoʻllari qaltirab kosani ogʻziga olib bora olmay turganida, Xalifa Umar unga, qoʻrqmay ichaver, shu kosadagi suvni ichib boʻlmaguningcha seni oʻldirmayman, dedi. Shunda Hurmuzon kosadagi suvni toʻkib yubordi va endi oʻldirmaysan deb daʼvo qila boshladi. Umar, sen meni aldading degan edi, atrofidagi sahobalar, yoʻq, sen unga omonlik berishga majbursan, sen vaʼda qilding, biz guvohmiz, deb kofirning tarafini olishdi.

Musulmon va muslima ayollarimizga zulmlar, boʻhton va adolatsizliklar qilinayotganini koʻra bila turib, salohiyatlari bilan ularning tarafini olishga jurʼat qila olmagar va sukut qilib turishi bilan zolimlarga sherik boʻlgan siyosatchilarning oʻzlari oʻsha buzuq boshqaruv sistemasining qurboni boʻlib qolishyapti. Ularning baʼzilari turmada boʻlsa, yana boshqalari yurtidan qochib, quvgʻinda kun kechirishyapti. Yana bir toifasi, bugun qoʻllarida turgan vaqtinchalik salohiyatlaridan foydalanib, quturib borishayapti. Bu bilan ular ham, oʻzlari uchun ertangi kuniga qabr kavlayapti. Va hokazo, va hokazo…..

Izohlar yo'q