AQSh: Turkiyaning yordami qanchalik qadrli ekanligini bilamiz
Pentagon soʻzchisi Adrian Gallovay AQShning IShIDga qarshi amalga oshirayotgan kurashida Turkiyaga yuklanadigan vazifani maʼlum qildi. Gallovayning taʼkidlashicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Turkiya tarafidan qoʻllab-quvvatlanishi va Raqqa amaliyotida Turkiyaning zimmasiga yuklanadigan masʼuliyatlar eʼtiborga molikdir.
IShIDga qoʻshilish uchun xorijdan kelayotgan jangchilarning Suriyaga suqilib kirishiga Turkiyaning yoʻl qoʻymayotganligini bildirgan Pentagon soʻzchisi Suriyadagi jangda va terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda Turkiya va AQSh oʻrtasidagi hamkorlikning oʻta muhimligini taʼkidladi.
“Turkiya hukumati bilan Raqqada boshlaydigan harbiy amaliyotlar borasida yaqin aloqalarimiz mavjud. NATOdagi ittifoqdoshimiz boʻlgan Turkiyaning IShIDga qarshi olib borayotgan kurashimizdagi yordami qanchalik qadrli ekanligini bilamiz. Turk harbiylari IShID askarlarini Suriyaga kirish va chiqishlarini muvaffaqiyatli tarzda oldini oldi. NATOning boshqa aʼzolari kabi Turkiya bilan ham Raqqa amaliyoti borasida hukumat va armiya darajasida aloqalarimiz davom etmoqda. Raqqada IShIDni magʻlub qilish uchun Turkiya bilan yaqindan hamkorlik olib boryapmiz”, dedi soʻzchi.
Shuningdek Gallovay Turkiyaning Furot qalqoni amaliyotini ham ijobiy baholadi.
“Turkiya kuchlari va uning hamkorlari (Suriya muxolifati) IShIDga qarshi oʻtkazgan amaliyotlarida anchagina muvaffaqiyatga erishganligidan xabarimiz bor. Biz ham koalitsion hamkorlari sifatida bu amaliyotlarda razvedka maʼlumotlarini almashish, Turkiya kuchlari hujum uyushtiradigan nishonlarni belgilab berish hamda Al-bob va uning atrofidagi IShID makonlariga havodan zarba berish kabi ishlar bilan oʻz hissamizni qoʻshyapmiz”, dedi Pentagon matbuot kotibi.
Turkiston:
Bundan avval AQSh prezidenti Donald Trampning Yaqin Sharq boʻyicha maslahatchilaridan biri Sal Saygin Shimshek AQShning Yaqin Sharq siyosati borasida Turkiyadan umidi katta ekanligini bildirgan edi.
Alloh Taolo Oʻzining Ulugʻ kitobida musulmonlarni:
وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ
“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi boʻlmaydilar”. deya bejizga ogohlantirgan emas.
Darhaqiqat Erdugʻon hukumati Suriya masalasida, katta rolni bajardi, ayniqsa Halabning qulashi borasida yetarlicha xizmat koʻrsatdi. Agar Turkiya Halab atrofidagi oʻziga tobe boʻlgan (yaʼni Turkiyadan moddiy yordam va mablagʻ olib turgan) muxolif kuchlarni “Furot qalqoni” bahonasida tortib ketmaganida edi, Asad kuchlari Halabga yaqinlasha olmagan boʻlardi. Bu haqiqatni Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz tili bilan oshkor qildi. Chunki u Halab sharqidan qurolli jangarilarni olib chiqib ketish amaliyoti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdugʻon bilan tuzilgan bitim boʻyicha amalga oshganini maʼlum qildi.
Erdugʻon hukumatining Suriyada koʻrsatgan xizmati haqida AQSh markaziy kuchlar qoʻmondoni general Jozef Votel “Turkiyadan kelayotgan kundalik dastak boʻlmaganda edi, yaqin oʻtmishda Suriyada amalga oshirgan koʻplab faoliyatlarimizni bajara olmagan boʻlar edik”, deya ochiq aytdi. Lekin AQSh uchun Erdugʻon hukumatining bu xizmatlari yetarli emas. Endi Raqqa masalasi turibdi, undan keyin yana boshqasi… Xullas, Erdugʻon hukumati uning diniga kirmaguncha AQSh undan hargiz rozi boʻlmaydi.