Atambayev 2010 yilda insonlar qurbon boʻlishida Qozogʻistonni aybladi

0
862

Atambayev 2010 yilda insonlar qurbon boʻlishida Qozogʻistonni aybladi

“Kun.uz”ning xabar qilishicha, Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Bryusselga tashrifi vaqtida Euronews telekanaliga bergan intervьyusida uning mamlakati qoʻshni davlatlar bilan savdo qilishi zarurligini aytdi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Rossiya manfaatlarini hisobga olishi haqidagi fikrga izoh berdi.

Telekanal jurnalisti Atambayevdan “Siz bu ittifoq koʻproq Rossiya manfaatlarini aks ettirishi va Lukashenko aytgandek, Belarusda yuz bergandek, Qirgʻiziston ham nafsiz vaziyatda qolishi mumkin, deb hisoblaysizmi?”- deb soʻradi.

Atambayevning aytishicha, “mamlakat kim bilandir savdo qilishi, qoʻshnilar bilan ishlashi lozim”. Uning taʼkidlashicha, agar Qirgʻiziston YeOIIga kirmaganda, respublika blokadada qolishi mumkin edi.

“2010 yilda Qozogʻiston bizga 1,5 oylik blokada uyushtirgan, bizda hattoki qurbonlar ham boʻlgan. Shunday boʻlgan, chunki blokada – yomon narsa. Bizga qayergadir kirish uchun muqobil tashkilot taklif qila olishadimi? Nima, Afgʻonistongami? Iltimos, biz bugunoq Yevropa Ittifoqiga kirishga tayyormiz. Men buni taklif qilganman, biroq menga bizda umumiy chegaralar yoʻqligini ochiqchasiga aytishgan. Unda bizga nima taklif qila olasiz? Bizda 6 mln kishi bor. Yakkalanib, junglilardek yashashimiz kerakmi? Biz rivojlanishimiz kerak, bizga bozor kerak”,- deb aytgan Atambayev.

Jurnalist Atambayevning YeOII birinchi navbatda Rossiya manfaatlarini aks ettirishi borasidagi fikrini soʻradi.

“Men bilmayman, balki Rossiya yoki uning rahbarlari shunday istagandirlar. Biroq bugunda bu ittifoq foydalidir, misol uchun Qirgʻizistonga. Nimaga? Misol keltiraman. Rossiyada bizning yarim millionga yaqin mehnat muhojirlarimiz yashaydi, bu insonlar mustaqillik yillarida turli sabablarga koʻra u yerga koʻchib ketganlar. Baʼzilar u yerda 20-30 yildan beri yashamoqdalar. YeOIIga kirganimizdan keyin ularda juda boʻlmasa huquqlar paydo boʻldi. Avval ular u yerda qullardek boʻlganlar. Endi esa ularda huquqlar mavjud. Ular ishga kira oladilar”,- deb javob berdi Qirgʻiziston prezidenti.

Izohlar yo'q