Abdulaziz qori domlaning oila aʼzolari va talabalariga taʼziya

0
1641

Abdulaziz qori domlaning oila aʼzolari va talabalariga taʼziya

Alloh taolo “Anbiyo” surasida:

كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْتِ وَنَبْلُوكُمْ بِالشَّرِّ وَالْخَيْرِ فِتْنَةً وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

“Har bir jon oʻlimni tatib koʻrguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz”, deya marhamat qiladi. (21:35).

Darhaqiqat, Allohning sinov dunyosiga kelgan har bir jon bir kun kelib oʻlim taʼmini totib koʻrishi muqarrar. Kimdir oʻzi uchun belgilangan muddat (ajal) yetib kelgunga qadar oʻz imkoniyatini oʻtkinchi dunyo matohlarini qoʻlga kiritish uchun sarflasa, yana kimdir bu muddatdan foydalanib oʻzidan ilm, sadaqai joriya, yaxshi nom va solih farzandlar va talabalar qoldirishga intilish orqali Oxirati uchun zahira toʻplash gʻamida oʻtkazadi. Qirgʻiziston janubida istiqomat qilib kelgan mashhur shayx Abdulaziz qori domla ana shunday insonlardan biri edi.

Hayotlarining aksar qismini Islom va musulmonlarning xizmati uchun bagʻishlagan ulamolardan biri Abdulaziz qori domla oʻzining ortidan juda koʻp, son sanoqsiz shogirdlar va murattab qorilarni qoldirib ketdi. U kishi ramazon oylarida aksar masjidlarga xatmi Qurʼon oʻtkazish uchun qori yigitlarni yuborar edilar. Aytamiz desak, Abdulaziz qori domlaning koʻpdan-koʻp fazilatlari mavjud. Ammo biz Allohning oldida hech kimni oqlamoqchmi emasmiz. Biroq, Robbimiz rozi boʻladigan

إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

“Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz” demoqdan oʻzga choramiz yoʻq.

Shu oʻrinda biz, Qodir Allohdan Abdulaziz qori domlani Oʻz rahmatiga olishini, jannat kengliklarida paygʻambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan bir safda qilishini soʻrab qolamiz. Abdulaziz qori domlaning oila aʼzolariga va u kishiga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga hamda barcha shogirdlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

Izohlar yo'q