AQSh Arab oʻlkalariga 1 milliard dollarlik qurol sotishni tasdiqladi

975
0

AQSh Arab oʻlkalariga 1 milliard dollarlik qurol sotishni tasdiqladi

AQSh Davlat departamenti Quvayt va Saudiya Arabistoniga 1 milliard dollardan ortiq bahodagi qurol-yaroq sotishni tasdiqladi. Bu qurollar orasida havo mudofaa raketalari va tahdidni oldindan aniqlash tizimlari mavjud.

AQSh Mudofaa va xavfsizlik agentligidan olingan maʼlumotga koʻra, vazirlik 23 yanvarda Quvaytga 110 million dollar bahosidagi 60 dona “AMRAAM” nomli kengaytirilgan oʻrta oʻlchamli havo raketasi sotishni hamda 400 million dollar bahosidagi AH-64D rusumli “Apache” vertolyot uchun texnik xizmat koʻrsatish va logistikalik moddiy ehtiyot qismlar sotishni tasdiqlagan.

Shuningdek, AQSh Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoni hukumatiga ham 525 million dollar bahosidagi 10 dona 74K tahdidni aniqlash xotira tizimi, 26 dona infraqizil elektr-optikalik kamera va 10 dona kommunikatsion razvedka sensor sotishni tasdiqladi.

Umumiy qiymati 1 milliard 35 million dollar miqdoridagi mazkur qurol va oʻq-dorilar savdosi AQSh Kongressi tomonidan tasdiqlangandan keyin amalga oshirilishi kutilmoqda. AQSh 2016 yilda Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kabi koʻrfaz davlatlariga umumiy qiymati 42,8 milliard dollarlik qurol-aslaha va oʻq-dorilar sotgan edi.

Turkiston:

Shu yerda bir savol tugʻiladi: Saudiya Arabistoni, Quvayt va Qatar davlatlari bu qurollarni kimga qarshi ishlatadi? Falastinni yahudiy bosqinchilardan ozod qilish uchunmi, yoki Arakandagi musulmonlarni tiriklayin yoqib yuborayotgan butparast terrorchilarning taʼzirini berib qoʻyish uchunmi, yo Markaziy Afrikadagi musulmonlarga qarshi qilinayotgan qirgʻinlarga barham berish uchunmi? Dunyoning har bir yerida bir necha yillardan buyon musulmonlar tinimsiz qirgʻin qilinayotganiga qaramay, kazarmalaridan boshlarini chiqarib qoʻyishga ham yaramayotgan harbiylarga bu qurol-aslahalarning nima keragi bor? Hatto baʼzi qurollar Saudiyaning harbiy ehtiyojiga umuman mos kelmaydi. Shunday ekan, nima uchun arab oʻlkalari AQSh va Gʻarbdan qurol sotib olishda bir-birlari bilan musabaqalashmoqda?

Aytish mumkinki, Arab oʻlkalarining AQSh bilan tuzayotgan qurol-aslaha kelishuvlaridan koʻzlangan maqsad ummatning boyliklarini qoʻsh-qoʻllab xoʻjayinlariga topshirish va Amerika shirkatlarini boyitish orqali AQShning iqtisodini qayta tiklashga hissa qoʻshishdir. Zoro oʻshanda xoʻjayinlarini biroz boʻlsa ham rozi qila olsalar. Sotib olgan qurollarini esa faqat ikki yoʻldan biriga, yaʼni yo musulmonlar oʻrtasida toifachilik, mazhabchilik, irqchilik fitnalarini qoʻzgʻash uchun, yoki oʻzlariga qarshi qoʻzgʻalgan Ummatni bostirish uchun ishga soladi. Natijada Ummatning boyligi evaziga kelgan qurollar oʻzining koʻksiga taqaladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.