Qorakoʻlda askarlar ekstremizm tahdididan xabardor qilindi

0
1146

Qorakoʻlda askarlar ekstremizm tahdididan xabardor qilindi

“Azattыk” radiosi xabariga koʻra, Qorakoʻl shahrining bosh imom hatibi Talant xoji Sabrikov harbiy xizmatchilar bilan ekstremizmga qarshi kurashish masalasini muhokama qildi. Muftiyot matbuot xizmati bildirgandek, oʻtgan haftada 2028-sonli harbiy qismda askarlar bilan uyushtirilgan uchrashuvda notoʻgʻri diniy oqimlar faoliyati, ekstremizm tahdidi haqida fikr almashildi. Yigʻilish savol-javob tariqasida oʻtib, askarlarga Qurʼon oyatlari va hadislar misolida maʼlumot berildi.

Muftiyot harbiy xizmatchilar bilan oʻkaziladigan bunday uchrashuvlar diniy oqimlar yoyilishini oldini olishda ijobiy natija berishini belgilab oʻtdi.

Turkiston:

Oʻzbekiston hukumati ham Islom va musulmonlarga qarshi keng koʻlamli kurashini boshlagan vaqtda aynan muftiyot xodimlari, yaʼni imom hatiblardan unumli foydalangan edi. Hukumat buyrugʻiga asosan imomlar MXX, IIV, harbiy xizmatchilar… bilan tez-tez uchrashuvlar oʻtkazib “notoʻgʻri diniy oqimlar” toʻgʻrisida keng maʼlumotlar bergan, hukumat talabiga mos tushmagan har qanday diniy harakat va jamoalarni yoʻldan adashgan, buzgʻunchi va hatto xalq dushmani sifatida taqdim qilishgan edi. Kuch organlari xodimlariga, bunday “yoʻldan adashgan”larni toʻgʻri yoʻlga solish savob ish ekanligi uqtirilib, musulmonlarga zulm qilishni halol qilib berishdi.

Muftiyotning soʻzini sharʼiy hukm sifatida qabul qilgan kuch organ xodimlari “savob ishlarini” koʻpaytirish uchun butun eʼtiborlarini qoʻlga olingan va qamoqqa tashlangan musulmonlarni “toʻgʻri yoʻlga” olishga qaratishdi. Buning natijasida esa oʻzbek rejimi qamoqxonalaridan yuzlab musulmonlarning oʻligi chiqdi. “Toʻgʻri yoʻlga” tushishni istamagan musulmonlar mana qaryib 20 yildirki zolimning qamoqlarida gʻayriinsoniy qiynoqlarga duchor qilinishmoqda.

Holbuki, paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻz hadislarida: “Kim bir moʻmin-musulmonning oʻldirilishiga yarimta soʻz bilan boʻlsada yordam bersa, u Qiyomat kuni ikki koʻzi orasiga “Allohning rahmatidan umidni uzgan” deb yozilgan holda keladi”, degan edilar. (Ibn Moja rivoyati).

Bundan tashqari maxsus filьmlar ishlab chiqildi. Bu filьmlarda musulmonlar vahshiy va qonxoʻr sifatida gavdalantirilib, butun insoniyat, har qanday ilmiy va dunyoviy yangi ixtirolarga dushman sifatida talqin qilindi. Bunday “adashgan guruh”larning asosiy nishoni kuch organlari xodimlari ekanligi takror va takror miyalariga quyildi. Buning natijasida esa kuch organlari musulmonlarni oʻzlariga haqiqiy dumanlari sifatida qabul qilishdi. Natijada kuch ishlatar tuzilma xodimlari va musulmonlar oʻrtasida oʻtib boʻlmas jarlik xosil boʻldi.

Bugungi kunda Qirgʻiziston ulamolari ham ikki yoʻl qarshisida qolishdi. Birinchi yoʻl: ulardan oʻz iymonlaridan voz kechishni talab qiladi. Bu yoʻlda ulamolar hukumat chizib bergan loyiha boʻyicha moʻʼtadil islom, anʼanaviy islom… kabi buzuq fikrlarni keng targʻib qilish orqali musulmonlarni ikkiga ajratib berishlari, hukumatning har bir qonun va qarorlariga sharʼiy toʻn kiydirib, musulmonlarga islomiy hukm sifatida taqdim qilishlari lozim boʻladi. Bu xizmatlari evaziga ular arzimas dunyo matolarini qoʻlga kiritib, diniy idora yoki birorta masjidga imom hatib qilib tayinlanadilar.

Ikkinchi yoʻl: Bu yoʻlni tanlagan ulamolar oʻz eʼtiqodlariga sodiq qolgan holda Ummatga Islom dinini toʻlaligicha yetkazishadi. Ular bu yoʻlni tanlaganlari, hukumatning nogʻorasiga oʻynamaganlari uchun vazifalaridan ozod qilinadi, taʼqib, tazyiq, qamoqqa duchor boʻlishadi va hatto jismonan yoʻq qilinishadi. Ularni dunyo hayotida musibat va ozorlar kutib turadi. Ammo shunday boʻlishiga qaramay aynan shunday ulamolar paygʻambarimizning haqiqiy merosxoʻrlari hisoblanishadi.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, ulamolar paygʻambarlarning merosxoʻridir. Oʻsha paygʻambarlar dinor yoki dirham meros qoldirmaydi. Balki ular ilmni meros qoldirishadi. Kim mol-dunyo oʻrniga ilmni olsa, hammadan ziyoda taqsimni qoʻlga kiritibdi”, dedilar. (Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari).

Izohlar yo'q