Xitoy Rossiya bilan chegaraga yaqin hududda qitʼalararo raketalarini joylashtirdi

751
0

Xitoy Rossiya bilan chegaraga yaqin hududda qitʼalararo raketalarini joylashtirdi

“Global Times” gazetasiga asoslanib “kun.uz”ning xabar qilishicha, Xitoy Rossiya bilan chegarada joylashgan Xeyluntszyan shimoli-sharqiy viloyatida oʻzi ishlab chiqargan DF-41 qitʼalararo ballistik raketalarni joylashtirdi. Nashrning taʼkidlashicha, yangi raketa majmualari fotosurati internetda paydo boʻlgan.

“Taqdim etilgan maʼlumotga koʻra, suratlar Xeyluntszyan viloyatida olingan. Harbiy tahlilchilar bu DF-41 strategik raketa brigadasi boʻlishi mumkin, degan taxminni ilgari surishdi. U Xitoy shimoli-sharqida joylashtirilgan”, – taʼkidlaydi gazeta.

“Global Times”ning yozishicha, bir qator OAV suratlarning eʼlon qilinishi AQSh prezidenti Donalьd Tramp inauguratsiya bilan bogʻliq ekanini maʼlum qilgan. “Ularning fikricha, bu Pekinning Tramp tomonidan Xitoy haqidagi igʻvo bayonotlariga javobi boʻlishi mumkin”, – yozdi nashr.

Nashr fikricha, “AQSh XXR qurolli kuchlariga yetarli darajada hurmat bilan qaramagan”, koʻplab yuqori lavozimli amerikalik harbiylar esa “oʻz mushaklari haqida kekkayib maqtanishgan”.

“Xitoyning yadro salohiyati shunchalik kuchli boʻlishi kerakki, dunyodagi istalgan mamlakat u bilan harbiy toʻqnashuvdan choʻchib turishi lozim”, – qoʻshimcha qilgan gazeta.

“Xitoyning DF-41 boʻlgan paytdagi obrazi tashqi dunyo nigohida oʻzgacha koʻrinadi. DF-41’ning vazifasi ham shunda”, – taʼkidlaydi gazeta.

“U (raketa kompleksi) Xitoy tahdidi nazariyasi”ning paydo boʻlishiga olib kelmaydi. U faqatgina Xitoy xalq-ozodlik armiyasi nufuzini yanada oshiradi”, – deya xulosa qildi Global Times.

DF-41 Xitoy raketa-tashuvchi texnologiyalari akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Taxminlarga koʻra, u oʻziga 10-12 individual qaratilgan yadro bloklari joylashtirilgan ajraluvchi bosh qismi bilan jihozlangan. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga qaraganda, DF-41’ning maksimal parvoz masofasi 14 ming kilometrga teng.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.