Qozogʻistonning BMTdagi missiyasi rasman boshlandi

0
841

Qozogʻistonning BMTdagi missiyasi rasman boshlandi

Qozogʻiston BMT Xavfsizlik Kengashining vaqtinchalik aʼzosi sifatida ish boshladi. Uning BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy boʻlmagan, yaʼni 2017-2018 yilar oraligʻidagi aʼzolik jarayoni 1 yanvardan eʼtiboran rasman boshlandi.

Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot markazi tomonidan berilgan bayonotda aytilishicha, BMTning Nьyu-Yorkda joylashgan bosh markazining asosiy zali oldida Qozogʻiston bayrogʻi tikilgan va majlis zalidagi muzokara stoliga hamda xususiy maslahat xonalarining eshiklariga yangi aʼzo boʻlgan davlatlarning nomi yozilgan lavhalar osib qoʻyilgan. Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining rahbari Anuar Jaynakov Birlashgan Millatlar Tashkiloti doimiy vakilining oʻrinbosari Sadukov Barlubay BMTning 3 Yanvar kunida belgilangan 2017 yilning birinchi yigʻilishida Qozogʻiston nomidan vakil sifatida ishtirok etishini maʼlum qildi.

Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida BMT Xavfsizlik kengashining ilk aʼzosi boʻlgan davlatdir. 193ta davlatdan 138tasi Qozogʻiston uchun bergan ovoziga binoan 2016 yil 28 iyunda BMT Bosh Assambleyasi Qozogʻistonni 2017-2018 yillar uchun BMT xavfsizlik kengashining vaqtinchalik aʼzoligiga saylagan.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev saylovdan soʻng qilgan nutqida xalqaro munosabatlarda qiyin bir davr boshlanganligiga urgʻu berib, Qozogʻiston keyingi davrda bu qiyinchiliklarni yengib oʻtish uchun bor kuchini sarflashini bildirdi.

“Uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan ziddiyatlar, shuningdek misli koʻrilmagan yangi xavfsizlik tahdidlariga duch kelib turibmiz. Global muammolarni barqarorlashtirish va jahon xavfsizligi uchun yechimlar izlashda biz ham salmoqli hissamizni qoʻshamiz degan umiddamiz”, dedi Nazarboyev oʻz nutqida.

Shuningdek, Nazarboyev 2015 yilda Qozogʻiston BMT Bosh Assambleyasi 70-sessiyasida bosh mavzu sifatida muhokama qilingan “terrorizmga qarshi kurash” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash uchun harakat qilishini taʼkidladi. Qozogʻistonda ayni paytda suv, energiya va oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalarning yechimi mavjudligiga ishora qilgan Nazarboyev, yangi chora tadbirlar koʻrishni ham boshlashini qoʻshimcha qildi.

Izohlar yo'q