Prezidentni haqoratlaganlarga jinoiy javobgvrlikka tortiladi

417
0

Prezidentni haqoratlaganlarga jinoiy javobgvrlikka tortiladi

Tojikiston parlamenti yuqori palatasi mamlakat Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonunni maʼqulladi. Unga binoan, oshkoro, xalq koʻz oʻngida igʻvo qilgan hamda millat Peshvosi shaxsiyatiga taaluqli yomon soʻzlarni gapirgan va haqoratlar qilgan har kanday inson jinoiy javobgarlikka tortiladi. Oʻzgartirishlar 26 oktbyar kuni parlamentning quyi palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan edi.

Prezident Ijroiyya apparati va mamlakat qonun chikarish qumitasi, yuqori palata rahbari Ozoda Rahmon quyidagilarni maʼlum qildi: – “Davlat Jinoiy kodeksiga ilova tariqasida quyidagi qonunlar biriktirilgan; Bosh qonunning 137 moddasi 1 bandiga muvofiq, har qanday igʻvo tarqatgan va Millat Rahnamosi, tinchlik va milliy birdamlik asoschisi boʻlmish Emomali Sharifovich Rahmonov shaxsiyatiga nisbatan haqoratomuz soʻzlarni ishga solgan inson jinoiy javobgarlikka tortiladi. Bunday jinoyatchilarga nisbatan mamlakat qonuniga muvofiq 5 yilgacha jazo muddati belgilanib, ozodlikdan mahrum etiladi. Millat Peshvosi nomiga qilingan salbiy maʼnodagi soʻzlar usuli inobatga olinmaydi. Yaʼni jinoyatchi xoh gazeta orqali boʻlsin, xoh ommaviy maʼlumot vositasi va internetdan foydalangan boʻlsin, farqi yuk, jazo beriladi”.

Oʻtgan seshanba kuni Tojikiston parlamentining yuqori palatasi aʼzolari tomonidan “ Millat Peshvosi – tinlik va milliy birdamlik asoschisi haqida” – gi qonun qabul qilingan edi. Unga koʻra, Millat Rahnamosini hibsga olinishi, unga nisbatan tintuv amaliyotlari oʻtkazilishi qatʼiyan manʼ etiladi. Shu bilan bir qatorda uni va yaqin qarindoshlarining molu mulki daxlsizligi kafolatlangan.

Shuningdek millat Peshvosi nomi bilan maxsus fond taʼsis etildi va millat Peshvosi Ordeni va millat Peshvosi Mukofoti joriy qilindi. Tojikiston quyi palatasi deputatlari tomonidan bir ovozdan Emomali Rahmonga mustaqil Tojikiston asoschisi maqomi berildi.

Shu bilan birgalikda seshanba kuni “ Tojikiston Jumhuriyati prezidentini ijtimoiy jihatdan taʼminlash, unga xizmat koʻrsatish va himoya qilish “ haqidagi konstitutsiya qonunini tasdiqlashdi. Qonunga muvofiq jumhuriyat miqyosidagi barcha marosimlar, milliy anʼanalar va bayramona tadbirlarda, shu jumladan hukumat yigʻilishlari va parlament majlislarida millat Peshvosi uchun maxsus joy tashkil qilinadi. Bu joy zamonaviy aloqa vositasi va texnikalar bilan jihozlanadi.

Tojikiston Jumhuriyatining “ Millat Peshvosi – tinchlik va milliy birdamlik asosichisi” haqidagi qonuni bir ovozdan 9 dekabr kuni parlamentning quyi palatasi va 18 dekabrda esa parlamentning yuqori palasti tomonidan tasdiqlangan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.