Hizb ut-Tahrir Jakartada yuzminglagan insonlarni maydonga olib chiqdi
Oʻtgan oktyabr oyida Jakarta hokimi Ahokning Muqaddas Qurʼon Karim va Rasululloh s.a.v.ni haqorat qilishi Indoneziya xalqining qattiq norozigiga sabab boʻlgan edi. Hizb ut-Tahrir Indoneziya harakatining daʼvatiga koʻra, har juma namozidan soʻng poytaxt Jakarta koʻchalari namoyishlar uchun sahnaga aylandi. Ahok oʻzining axloqsizligi uchun uzr soʻragan boʻlsa-da, biroq bu aholining gʻazabini soʻndirolmadi. Indoneziya musulmonlarining tinimsiz oʻtkazgan namoyishlari natija berdi. Jakarta hokimi Muqaddas Qurʼon va Paygʻambar s.a.v.ni haqorat qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladigan boʻldi.
Namoyish chogʻida Hizb ut-Tahrir Indoneziyaning rasmiy notigʻi Ismoil Yusanto yuzminglaga insonlar oldida nutq soʻzlab, Jakarta hokimi Ahok va prezident Vidadoga murojaat yoʻlladi.
“Bugun bu yerda Paygʻambarimiz s.a.v. va uning amonati boʻlgan Qurʼoni Karimning shaʼnini himoya qilish uchun toʻplangan yuz minglagan insonlar ertaga Qurʼon asosida davlatni boshqaradigan Xalifalikni tiklash uchun yana maydonlarga chiqib, Islom davlatini himoya qilishadi”, dedi jumladan Yusanto oʻzining nutqida.