Qozogʻiston maktablarida rumol oʻrashga qarshilik kuchaymoqda!

0
1150

Qozogʻiston maktablarida rumol oʻrashga qarshilik kuchaymoqda!

Qozogʻistonlik besh ming muslima oʻquvchi qizlar maktabda rumol oʻrashga ruxsat berilishini soʻrab qilgan murojaatiga Qozogʻiston hukumati tarafidan rad javobi keldi. Qozogʻiston hukumati maktablarda rumol oʻrash mumkin emasligiga davlatning ilmoniy (dunyoviy davlat) ekanligini sabab qilib koʻrsatmoqda.

Qozogʻiston maorif vazirining oʻrinbosari Elmira Suhanberdiyyeva matbuot anjumani tashkil qilib, bu haqida bayonot berdi. Suhanberdiyyevaning maʼlum qilishicha, mamlakat ilmoniy (dunyoviy) taʼlim tizimiga ega. Shuning uchun mamlakat boʻylab hech bir maktabda diniy targʻibotlarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

“Qozogʻiston konstitutsiyasiga koʻra, mamlakatimiz taʼlim tizimi dunyoviydir. Maktablarimizda har qanday diniy tashviqot uchun toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita ruxsat berilmaydi”, deydi Suhanberdiyyeva.

Maorif vazirining oʻrinbosari maktabga rumol oʻrab kelgan talaba qizlarning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazganligini va tushuntirish ishlari olib borilganligini ham qoʻshimcha qildi. Elmira Suhanberdiyyevaga koʻra, qizlar maktabdan chiqqanlaridan soʻng rumollarini oʻrab olishlari mumkin.

“Oʻquvchi qizlar dars paytida rumollarini yechib oʻtirishlari kerak. Maktabdan tashqariga chiqqanlarida esa rumollarini oʻrashlari mumkin, hech kimga ruhan zarar bergan joyimiz yoʻq”, deydi Suhanberdiyyeva.

Turkiston:

Islom dushmanlari fuqorolarni adashtirish va chalgʻitish maqsadida, “ilmoniylik” yoki “dunyoviy taʼlim”, “ruhiy taʼlimot” degan tushunarsiz va mantiqsiz atamalardan foydalanishadi.

Qizlarning roʻmol oʻrashlari dunyoviy harakat yoki amal boʻlmasa, qanday amallardan deb eʼtibor qilinadi? Kasal odamga quron oʻqib dam solish, duo qilish yoki oxirat haqida niyat qilish kabi amallar – mayli nima deb atashsa ham – bular moddiy harakat yoki natijasi moddiy boʻlmagan amallar safiga kiradi. Lekin, roʻmol oʻrash, saqol oʻstirish, namoz oʻqish, sadaqa va ehson qilish, ilim olish, dars berish….. bularning barchasi dunyoviy moddiy harakatlarku! Ilmoniylik yoki demokratiyaga asoslangan kapitalistik mafkura bu muammolarga qanday muolaja bergan? Yoki bu dunyoviy sistema faqat kufrda yashaydigan odamlar uchun moslashgan mabdaiy tuzummi? Unda bu sistema nega musulmonlarga tatbiq qilinyapti?!

Elmira Suxamberdiyeva kabi aqlsiz vazirlar bu savollarga javob bera olishmaydi. Bularning demokratik mafkurasida qizlar roʻmol oʻrash yoki yarim yalangʻoch yurish, agar istasa yevropadagi odamlar singari, qip-yalangʻoch yurish huquqiga ega. Ularning shu hatti harakatlari boshqa shaxslarga ziyon yetkazmasa bas. Oʻquvchi qizlar roʻmol oʻrashlari bilan kimga zarar yetkazishlari mumkin? Bu savollarga Suxamberdiyeva kabi manqurtlarni yoʻnaltirib borayotgan yevropalik kuratorlari javob bera olishadi.

Lekin yevropa kuratorlarining maqsadlari boshqa. Ular islomiy yurtlarda ilmoniylikni rivojlantirish programmasi asosida ish olib borishadi. Jamiyatni islomiylashib borishini oldini olishga qaratilgan harakatlarning barchasi, yaʼni buzuqchilikni rivojlantirish ishlari ilmoniy tuzumni kuchaytiradi. Ular roʻmol oʻragan qizlarning haq huquqlari poymol boʻlayotganini bilib turishibdi. Lekin bu islomiylashish yaʼni Islom dini qadriyatlaridan kelib chiqayotgan koʻrinish ekanligi sababli oʻzlari bir chetda turib, manqurt vazirlarni ishga solishyapti. Demokratik mafkuralari buzulayotganiga qaramay, inson huquqi himoyachilari bu ishga huquqiy baho berishdan va muslimalarni haq huquqlarini himoya qilishdan boʻyin tovlashmoqda.

Mobodo Suxamberdiyeva lesbiyankalarni huquqini cheklashga jurʼat qilganida bormi! Huquq himoyachilari uni jahon sudigacha sudrab borishar edi. Chunki lesbiyankalik va besoqolbozlik ularning muqaddas deb bilgan qadriyatlaridan, deb eʼtibor qilinadi.

Muslimalarning roʻmol oʻrashlari islomiy qadriyatlar turkumiga kiradi. Negaki Islom mafkurasi ayollarni muqaddas deb bilib, ularga “himoya qilish va berkitish kerak boʻlgan oriyat, nomus”, deb qaraydi. Qizlarimizning roʻmollari bilan hijoblanib yurishlari islomiy qadriyatlarimizni jamiyatimizda paydo qilish uchun tashlangan qadamlarimizni mustahkamlaydi. Islomni hayotimizga kirib kelishini tezlatadi. Shuning uchun kufr olami bu koʻrinishga qarshi noqonuniy yoʻllar bilan boʻlsa ham, qattiq harakat olib boradi.

Izohlar yo'q