Hindistondagi ikki qishloq Islom dinini qabul qildi

0
565

Hindistondagi ikki qishloq Islom dinini qabul qildi

Hindistondagi Pajangkaalimedu hamda Nagapalli deb ataluvchi ikkita qishloqning aholisi yoppasiga kalimai shahodatni aytib, Islom dinini qabul qildi.

“IslamDag” saytining xabar berishicha, 250 ta oila Allohning, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning diniga kirib, Islomdan bahramand boʻlgan.

Ushbu ikki qishloqning aholisi daliylar deb ataluvchi, eng quyi tabaqa hisoblanuvchi toifaga mansub boʻlib, induistlar orasida doimiy taʼqib ostida yashab kelgan. Bu yangi musulmonlar Islomni mamlakatda irqiy, milliy va diniy kamsitishlarga chek qoʻyishning yagona yoʻli deb hisoblamoqdalar.

Alloh taolo barcha moʻminlar qatori Oʻzining diniga yangi qadam qoʻygan bu bandalarini ham Oʻz panohida asrab, ikki dunyo saodatiga musharraf qilsin.

Izohlar yo'q