Chavushogʻlu: AQSh Bilan allaqachon reja tuzib qoʻygan edik

0
838

Chavushogʻlu: AQSh Bilan allaqachon reja tuzib qoʻygan edik

Turkiyaning Suriyaga boshlagan harbiy amaliyoti avvaldan AShQ bilan tuzilgan reja asosida amalga oshirilmoqda. Bu haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushogʻlu Anqarada bergan bayonotida maʼlum qildi. Uning aytishicha, Turkiyaning Jarabulus operatsiyasidan koʻzlagan maqsadi IShIDni shimoldan pastga surib chiqarishdir.

“Biz AQSh Bilan allaqachon reja tuzib qoʻygan edik. AQSh HIMARSlarni (yuksak darajada harakatlanish qobiliyatiga ega artilleriya raketa tizimini) olib kelishi kerak edi, afsuski hanuzgacha kelmadi. Ammo hozirgi harbiy amaliyotda biz tanklarimiz orqali boshqa barcha vositalar yordamida kurashni davom ettiryapmiz. Ozod Suriya armiyasi ham bu yerga kirdi. Tanklarimiz oʻtish xavfsizligini taʼminlash uchun ishga solinmoqda”, “Turk qurolli kuchlarining faoliyati rejada koʻrsatilganidek amalga oshmoqda. Havodan qoʻllab-quvvatlash borasida koalitsiya bilan birga hamkorlik qilyapmiz”, dedi Chovushoʻgʻli.

AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden ham Turkiyaga kelayotib, samolyotda jurnalistlarga bu haqida maʼlumot bergani aytilmoqda. Baydenga koʻra, Jarabulus amaliyoti uchun bir yil harakat qilingan.

“Biz Turklar bilan bir yildan ortiq vaqtdan buyon Suriya muxolifatini Furot-Mare chegarasida IShIDga qarshi harbiy amaliyotni boshlash haqida gaplashib kelyapmiz. Chunki bu yer xorijiy jangchilar va ashyolar oʻtadigan asosiy tranzit nuqtasidir”, deydi AQSh masʼuli.

Izohlar yo'q