Poroshenko: Rossiya tomonidan keng koʻlamli hujum boʻlishi mumkin

0
752

Poroshenko: Rossiya tomonidan keng koʻlamli hujum boʻlishi mumkin

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning aytishicha, Rossiya keng koʻlamli hujum bilan Ukrainaga bostirib kirishi ehtimolini istisno etib boʻlmaydi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” xabar tarqatgan.

Uning ishonch bildirishicha, ukrainalik harbiylar hamisha Rossiya tomonidan amalga oshiriladigan har qanday harakatlarga tayyor.

“Mojaroning avj olishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Ha, rossiyaliklar keng koʻlamli hujum bilan chegaralarimizni kesib oʻtishi mumkinligini eʼtibordan qochirmaymiz”,- dedi Poroshenko Lьvov viloyatidagi chiqishi vaqtida.

Uning soʻzlariga koʻra, “ogʻir vaziyatning saqlanib qolishi – kutilgan holat”.

“Qurolli kuchlar har qanday vaziyatga, har qanday vazifani bajarishga tayyor turmogʻi lozim”,- deya qoʻshimcha qildi prezident.

Bundan oldinroq, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Petro Poroshenko bilan telefon muloqoti vaqtida uni Rossiya bilan munosabatlardagi taranglikdan qochish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga chaqirgani haqida xabar qilingan edi.

Izohlar yo'q