Oq uy: biz Moskva bilan Suriya masalasida harbiy tomonlama muvofiqlashmaymiz

0
441

Oq uy: biz Moskva bilan Suriya masalasida harbiy tomonlama muvofiqlashmaymiz

Suriya masalasidaAmerika bilan Rossiya oʻrtasidagi hamfikrlikka va ishlar muvofiqlashtirilganiga qaramay, Qoʻshma Shtatlar odatdagidek, haqiqatlarni soxtalashtirmoqda
Oʻtgan payshanba Oq uy Qoʻshma Shtatlar Suriyadagi amaliyotlarida Rossiya bilan muvofiqlashmasligi haqida gapirdi.
Oq uy matbuot voizi Josh Ernest matbuot yigʻinida “Hozirda Qoʻshma Shtatlar Rossiya bilan hech qanday harbiy muvofiqlashuv olib borayotgani yoʻq”, dedi.
U yana “Bilaman, buni amalga oshirish uchun kelishuvga erishish mumkinligi toʻgʻrisida ayrim bashoratlar ham bor, lekin buning amalga oshishi qorongʻu”, deya qoʻshimcha qildi.
Buning muqobili oʻlaroq, “Rossiya” axborot agentligi Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaga tayangan holda, Kremьl Suriya bilan bogʻliq Rossiya bilan Amerika armiyalari hamkorligining taranglashishidan norozi ekanini bildirdi.
Amerikalik masʼullar bildirgan shubhalanishlarga qaramay, AQSh tashqi ishlar vaziri Jon Kerri oʻtgan payshanba Suriyada IShID va al-Qoida tashkilotlariga qarshi harbiy hamkorlikni kuchaytirish hamda ruslar bilan maʼlumot almashish sohasini mustahkamlash taklifi bilan Moskvaga bordi. (Hayot gazetasi).

Izohlar yo'q