Britaniyalik jurnalist: Koks qotili agar musulmon boʻlganda nima boʻlardi?!

0
1024

Britaniyalik jurnalist: Koks qotili agar musulmon boʻlganda nima boʻlardi?!

Islom va musulmonlarga qarshi dushmanlik harakatlari hamda musulmonlarni diskriminatsiya qilish oddiy holga aylanib qoldi… Ayrim gʻarbliklar buni sezib tanqid qila boshladi

“Faynenshl Tayms” roʻznomasi bosh muharriri Robert Shrimsli oʻz yurtidagi axborot vositalarining suiqasd hodisalarini yoritish uslubini tanqid qildi. Bunday hodisalarning oxirgisi Britaniya parlamenti quyi palatasi deputati Jo Koks xonimning oʻldirilishi boʻldi. U Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishiga qarshi chiquvchilardan biri tomonidan otib oʻldirildi.

Bu britaniyalik jurnalist Robert Shrimsli – agar bu qotil musulmon yoki muhojirlardan biri boʻlgandami, ayni hodisa Britaniya axborot vositalarida bu qadar ehtiyotkorlik va aqllilik bilan yoritilmagan boʻlar edi, dedi.

Agar qotil musulmon boʻlganidami, biz “birinchi sahifada hodisani bir aqldan ozgan uzlatdagi shaxs sodir etdi, degan gaplarni oʻqimagan boʻlardik, hatto bunga mantiqiy dalil mavjud boʻlsa ham”, deya qoʻshimcha qildi.

U – tekshiruv xulosalari Jo Koks qotilining ekstremistik nufuzga ega oʻng qanot guruhlariga aloqador ekanligini koʻrsatayotgan boʻlsa-da, biroq axborot vositalari bu xulosalar bilan ehtiyotkorona munosabatda boʻlyapti, dedi.

Uning izohlashicha, aksar siyosatchi va matbuot xodimlari qotil haqida va uni bunday “jirkanchli” jinoyatni sodir etishga undagan narsalar toʻgʻrisida hukm chiqarishga shoshilishdan oldin koʻproq maʼlumot toʻplashni maʼqul koʻrmoqdalar.

Shrimsli soʻzini davom ettirib aytdi: “Taajjubli jihati shuki, The Sun va The Daily Mail roʻznomalari – bular ehtiyotkorlik va sipolikni bilmaydigan roʻznomalar – qotil deya atalayotgan shaxsning majnun, uzlatdagi yoki aqlan nosogʻlom ekanini taʼkidlashdi”.

Uning aytishicha, bu ikki roʻznoma oʻzlari bergan bu sifatlarni birinchi sahifada nashr qilishgan va ikkalasi ham qotilning jinoyat sodir etish asnosida “eng avvalo Britaniya”, deya hayqirganiga ishora qilib oʻtishdi. Biroq ikkalasi ham qotilning bu hayqirigʻini ochiq aytmadi.

“Faynenshl tayms” roʻznomasi bosh muharriri savol ohangida bunday deb yozadi: “Biroq har qanday kishi bitta savolni berishga haqli boʻlsa kerak, yaʼni agar qotil boshqa tomondan boʻlganida axborot vositalari dalillarni xuddi shunday gʻoyat ehtiyotkorlik bilan keltirgan boʻlarmidi, deb soʻrashga haqli emasmi”. Soʻng taajjub ohangida “Agar qotil jinoyat sodir etish asnosida “Allohu akbar”, deya qichqirgan boʻlsa bormi, matbuot sarlavhalarida bu qanday, baholanarkin?”, deya qoʻshimcha qildi.

Maqolasi nihoyasida Shrimsli Britan axborot vositalariga nasihat qilib, qachon har qanday jinoyatkor shaxsning musulmonligi aniqlansa, masalaga xuddi shunday ehtiyotkorlik bilan yondashish zarurligiga chaqirdi. (Al-Jazira net).

Izohlar yo'q