14 yoshdan jinoiy javobgarlik

0
464

 Rossiya davlat Dumasi “Yarovaya paketi” deb nomlangan “terrorchilikka qarshi” qonunlar to‘plamini qabul qildi. Yangi qonunlarga ko‘ra, “jinoyat to‘g‘risida xabar bermagan” shasxlar 1 yil, “ommaviy tartibsizliklarga chorlash, unga yollash”da aybdor deb topilganlar 5 yil, “terrorchilikning internetdagi targ‘iboti” bilan shug‘ullanganlar 7 yil, “terrorchilarga ko‘mak berganlar” 15 yilgacha qamalishi mumkin. Shuningdek, Rossiyada internet-yozishmalar ustidan nazorat kuchaytirilishi va terrorchilikda gumonlanganlar 14 yoshidan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi belgilandi.

 Rossiya parlamenti o‘zining 24 iyun kunigi yig‘ilishida mazkur qonun loyihasini  ikkinchi va uchinchi o‘qishdayoq qabul qildi.

 Endilikda 14 yoshga to‘lgan fuqaro Jinoyat Kodeksining bir qancha moddasi asosida javobgarlikka tortilishi mumkin.

 Shu tariqa, Rossiyada barcha “terrorchilik” moddalar bo‘yicha jazo muddatlari va jarimalar keskin oshirildi. Masalan, “Terakt” moddasi bo‘yicha eng kam jazo muhlati 8 yildan 10 yilgacha ko‘tarildi. Terrorchilarga ko‘maklashganlarga ilgari 10 yillik qamoq berilgan bo‘lsa, endilikda 15 yillik jazo belgilandi.

 “Ekstremistik” moddalar bo‘yicha ham talablar oshirildi. Rossiya Jinoyat Kodeksining 282- moddasi (milliy va diniy adovat) asosida maksimal jazo muddati 5 yildan 6 yilga oshirildi; jarimalar esa taxminan 3 barobarga ko‘paytirildi.

 Sud tomonidan “xalqaro terrorizm”ga aloqador deb topilganlar endilikda umrbodga qamalishi mumkin.

 “Yarovaya qonunlari” 2018 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi.

Turkiston: 

Shu yilning boshidan deputat Kыyanbek Satibaldiyev ham bolalarni 14 yoshgadan boshlab jinoiy javobgarlikka tortish loihasini parlamentga taklif qila boshladi. Aprel oyida deputat Salyanova muhokama qilinayotgan bu qonun loihasiga nisbatan “nahotki, siz 14 yoshdagi bola terrorizm va ekstremizm nima ekanini tushuna oladi, deb o‘ylaysizmi. U buni qayerdan bilsin! Uni javobgarlikka tortish mumkin deb o‘ylaysizmi?” degan savol bilan o‘z e‘tirozini bildirdi. Chunki o‘sha paytda Salyanova nikohni 18 yoshga to‘lmagan bola va qizlar uchun ta‘qiqlash masalasini parlamentga tayorlayotgan edi. Jamoatchilikda 14 yoshga to‘lgan bola ekstremist bo‘lishi mumkin, lekin nikoh bilan turmush qurushga yaroqsiz bo‘ladi, degan bir biriga qarama qarshi ikki fikrning paydo bo‘lishi Salyanovani o‘ylantirayotgan edi.

Haqiqatdan ham, 14 yoshdagi bola yoki qizlarimiz, nikohdan keyin oddiy uy yumushlarini eplay olishmasa, jinsiy va boshqa aloqalarni tushuna olishmay, oilalar buzulib ketishiga sababchi bo‘lishsa, qanday qilib ular “terrorist” yoki “ekstremist” bo‘la olishadi. Bu kufr o‘ylab topgan terminlarni hatto Qirg‘iz siyosatchilari va ekspertlari ham tiniq tushuntirib, uning chegaralarini aniq chizib bera olishmaydi. 14 yoshdagi farzandlarimiz buni qanday ajrata olishsin.

Qirg‘iziston hokimiyati Rossiya hukumatiga taqlid qilib, uning ortidan ketyapti. Ular Qirg‘iziston konstitutsiyasini Yevropa konstitutsiyasidan ko‘chirib olishdi. Jogoru kenesh deputatlari esa, Rossiya davlat dumasining qonunlaridan ko‘chirma olib, o‘zlarini nimadir qilayotgandek ko‘rsatishga urinishayapti.

Lekin bu g‘oyri insoniy va masulmonlar mintalitetiga qarshi qonunlar Qirg‘iziston mamlakatini qanday oqibatlarga olib borishi, manfaat keltirishi yoki aksincha kelajakdagi zararli oqibatlari haqida fikrlay olishmaydi. Chunki siyosiy elita vakillari deyarli “Jogoru kenesh”dan tashqarida qolib ketishdi. Deputatlar o‘zlaridagi siyosiy zaiflikni yashirish maqsadida bir qator mantiqsiz, Qirg‘iz millati ichida juda katta qarama qarshiliklar va bo‘linishlar keltirib chiqarayotgan qonunlar loihalarini ko‘tarib chiqishyapti. To‘g‘rirog‘i xalqaro tashkilotlar vakillari va rasmiy yoki norasmiy chet davlatlar vakillari hamda deputat o‘zlari uchun maslahatchi qilib yollab olgan xalqaro ekspertlar o‘z manfaatidan kelib chiqib, zaif deputatlarni o‘z tomoniga tortib borishayapti. Natijada Qirg‘iziston jamiyatida juda xavfli va tuturuqsiz siyosiy vaziyat paydo bo‘lib borayapti. Bu vaziyat kimlargadir manfaatli bo‘lishi mumkin, ammo Qirg‘iziston mamlakati, fuqorolari va hatto siyosatchilari uchun ham zarardan boshqa narsa emas.

Izohlar yo'q