Putin xitoylik hamkasbi bilan Suriya inqirozi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

0
1152

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy prezidenti Si Tszinьpin bilan 25 Iyun Shanba kuni Pekinda Suriya inqirozi va xalqaro terrorizmga (Islomga) qarshi kurash hamda Koreya yadro masalasini muhokama qildi. Putinning Xitoyga tashrifi chog‘ida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik borasida bitimlar tuzildi va bir necha hujjatlar imzolandi. Bundan tashqari, global strategik barqarorlikni mustahkamlash va o‘zaro tijoriy, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma bayonotlar imzolandi.

Putin Xitoy rahbari bilan o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng o‘zaro muzokaralar haqida bayonot berdi.

“Biz xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalarni hal qilish borasida muhokamalar olib bordik. Bu xalqaro terrorizmga qarshi kurash, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xavfsizlikni oshirish hamda Koreya yarimorolidagi barqarorlik va xavfsizlikni saqlab qolish yo‘lida hamkorlikda faoliyat olib borish uchun kelajakda tashlanadigan qadamlarni o‘z ichiga oladi”, dedi Rossiya prezidenti.

 Putin Moskva va Pekinning qadamlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay va Briks doirasiga muvofiq ekanligiga ishora qilar ekan, Rossiya va Xitoyning xalqaro masalalar bo‘yicha tutgan pozitsiyalari bir biriga juda yaqin va o‘xshashligini qo‘shimcha qildi. O‘z navbatida, Xitoy prezidenti o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va xalqaro maydondagi vaziyatga qarshi siyosiy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta‘kidladi. Ikki rahbar global strategik barqarorlikni mustahkamlash, shuningdek, matbuot sohasida ham hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma bayonotlarni imzolashdi.

Izohlar yo'q