Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etdi

435
0

Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi yoki uni tark etishi borasida referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda ingliz xalqining ko‘pchiligi Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishini yoqlab ovoz berdi. Biroq referendum natijasi Yevropadagi siyosiy yetakchilarni xursand qilmadi

Germaniya kantsleri Angela Merkel Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etishiga oid qarorini Yevropa uchun yaxshilik alomati emasligini bildirdi. Merkel Federal majlisda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqish qarori haqida bayonot berar ekan, uning bu qarorini qayg‘u bilan qabul qilganligini aytib, “Bugun Yevropa uchun va Yevropani birlashtirish jarayoni uchun chekinish nuqtasi bo‘ldi”, dedi.

Bundan buyog‘iga xotirjam vaziyatni tahlil qilish zarurligini ta‘kidlagan Merkel bu borada to‘g‘ri qarorlar qabul qilish zarurligini qayd etdi. Markelga ko‘ra, bu qarorning kelajakda qanday oqibatlarga sabab bo‘lishi qolgan 27 davlatning xulosa chiqarishlariga bog‘liq. Aks holda bu Yevropa Ittifoqining parchalanib ketishiga sabab bo‘lishi ham mumkin.

“Evropada xilma xillik bor. Yevropadagi odamlar qanchalik bir biridan farq qilsa, Yevropa Ittifoqidan kutilgan ishlar ham xuddi shunday farqlidir”, dedi Germaniya kantsleri Angela Merkel.

 Ko‘pincha Yevropaning birlashish jarayoniga shubha bilan qarab kelganini bildirgan Markel bu shubha nafaqat Britaniyaga oid, balki boshqa a‘zo davlatlarga ham oid ekanligini bildirdi.

AQSh prezidenti Barak Obama esa Britaniyada o‘tkazilgan referendum natijalari haqida gapirib, Ingliz xalqining qaroriga hurmat bilan qarashini bildirdi.

Obama AQSh bilan Britaniya o‘rtasidagi “xos aloqalar”ning davom etayotganini bildirar ekan, Britaniyaning NATO ittifoqiga a‘zoligi va AQShning xavfsizlik, iqtisodiy va tashqi siyosati uchun muhim o‘rin egallashini ta‘kidladi. Shuningdek, AQShning Yevropa Ittifoqi bilan ham munosabatlari juda yaxshi ekanligini aytib o‘tgan Obama, Britaniyaning AQSh uchun voz kechilmas hamkor bo‘lib qolishini qo‘shimcha qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.