Suriya chegaralarida yangidan havo mudofaa tizimlari joylashtirilmoqda

608
0

 Suriyadan kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi havo mudofaa tizimlari yuklangan konteynerlar va 25 nafar Italiya harbiysi kecha kechqurun Turkiyaning Kahramanmarash shahriga yetib keldi. Italiya havo mudofaa tizimi Kahramanmarash shahrining “G‘ozi” kazarmasiga 3 yil avval o‘rnatilgan Germaniya Patriot havo mudofaa tizimining o‘rniga qo‘yiladi. Bu tizimni o‘rnashtirish haqida NATO doirasida qaror qabul qilindi.

Italiyadan dengiz orqali Iskenderun portiga keltirilgan konteynerlar politsiyaning kuchli nazorati ostida 10ta yuk mashinasi orqali shahardagi “G‘ozi” kazarmasiga olib kelindi. Harbiy manbalar bu haqida aniq ma‘lumot bermaganligi sababli Patriot raketa mudofaa tizimlari o‘rniga shaharga olib kelingan mudofaa tizimi MEADS (Medium Extended Air Defense System) o‘rta masofali havo mudofaa tizimi ekanligi noma‘lumligicha qolmoqda.

MEADS mudofaa tizimi ustidagi 360 daraja radar tizimi yordamida 1000 km uzoqlikdan otilgan raketa hujumlariga qarshi harakatga kelishi va bir vaqtning o‘zida ikki tarafdan kelayotgan havo hujumini bartaraf etishi mumkin. Italiya va AQShda o‘tkazilgan oxirgi sinovlarda ikki tarafdan kelgan “F-4 Fantom” jangavor samalyoti va raketani bir vaqtning o‘zida urib tushirgan MEADS batariyasi 5ta zirhli trasport ustiga o‘rnatiladi. U 19 mutaxassis tomonidan boshqariladi.

Turkiston:  Turkiya butun G‘arb olami uchun buffer maydoni vazifasini egallab qolishi mumkin. Ular avvalroq Turklardan, Suriya qochqinlari uchun to‘siq bo‘lib berishni iltimos qilishgan bo‘lishsa, endi musulmonlarga qarshi qurol yaroqlar joylashtirishayapti. Bu ketishda Turkiya, Islom olami bilan kufr olamining to‘qnashish maydoniga aylanib qolishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.