Atambayev prezidentlik saylovlari o‘tkazilishida YeI yordamiga umid qilmoqda

369
0

 Qirg‘izistonga rasmiy safar bilan kelgan Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi Alen Le Rua bilan uchrashuv vaqtida Almazbek Atambayev 2017 yil oxirida o‘tkaziladigan prezidentlik saylovida yevropalik hamkorlarning daldasidan umid qilayotganini ma‘lum qildi.

 Atambayev Yevropa Ittifoqiga 2015 yili o‘tkazilgan parlament saylovlarining shaffof va haqqoniy o‘tishida ko‘rsatgan madadi uchun minnatdorchilik bildirgan.

 O‘z navbatida Le Rua Yevropa Ittifoqi “Qirg‘izistonda demokratiya mustahkamligi yo‘lidagi harakatlarini davom ettirishi” haqida gapirgan. U respublika bilan ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishidan YeI manfaatdorligini qayd etib o‘tdi.

 Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev bilan uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan brifingda Alen Le Rua Yevropa ittifoqi Qirg‘izistonda laboratoriya ochish masalasini ko‘rib chiqayotganini YeI 2020 yilga qadar Qirg‘izistonga 200 million yevro ajratishini ma‘lum qildi.

 “2020 yilgacha barcha mablag‘ ajratib beriladi”,- dedi Le Rua.

 Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayevning so‘zlariga ko‘ra, ikki yil oldin ko‘p yillik dastur tuzilgan bo‘lib, bu dastur doirasida YeI qonun ustuvorligini qo‘llab-quvvatlash, ta‘lim sohasida reforma o‘tkazish va olis qishloq joylariga yordam ko‘rsatish uchun 186 million yevro ajratishi ko‘zda tutilgan.

 “Bundan tashqari, YeI saylov tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun yana 13 million yevro ajratadi”,- dedi Abdildayev.

 Vazirning qayd etishicha, bu mablag‘ prezidentlik saylovini o‘tkazishga sarflanadi.

Turkiston:

Saylov masalasida tashqi yoki ichki kuchlardan yordam so‘rash va saylovni o‘sha kuchlardan olingan mablag‘lar bilan o‘tkazish noto‘g‘ridir. Saylov aslida umumiy millatning daromadi bo‘lgan xukumat mablag‘iga o‘tishi kerak. Chunki, bu xalq saylovi bo‘lgani uchun uni boshqa kuchlarning mablag‘i bilan o‘tkazilishining o‘ziyoq bu saylovning noxaq o‘tishiga dalolat qiladi. Xar qanday saylovga xomiylik qilayotgan kuch saylovda xalq tomonidan shaxslarga berilayotgan saltanatga ko‘z tikadi. Ular o‘z manfaatini ro‘yobga chiqarish uchun bosim qilishadi. Aks xolda sarflangan mablag‘lardan bu xomiylarga manfaat yo‘q. Ular “saylovdagi demokratik ko‘rinishlarning o‘zi biz uchun manfaat” deyishlari aniq. Lekin shunda xam ular quruq demokratik jaroyonning o‘zidan kifoyalanib qolishmaydi.

Saylov xomiylari, aytaylik YeI Qirg‘izistondagi saylovlardan ikki manfaatni umid qiladi. Birinchisi, Qirg‘iz elitasini mumkin qadar G‘arb dunyoqarashi tomon tortib, ularni xokimiyatga olib kelish yoki mavjud xukumatga o‘z ta‘sirini o‘tkazish ishini kuchaytirish. Ikkinchisi esa, saylovni islomiylashib ketishini oldini olish. Chunki saylovning islomiylashib borishida xalqning va siyosatchilarning nufuzli tarafi Islom va musulmonlar tarafida bo‘ladi. Chunki butun olamda va shuningdek Qirg‘izistonda xam G‘arb mafkurasi Islom mafkurasi qarshisida mag‘lub bo‘ldi. Ular moddiy va xarbiy bosim berishdan nariga o‘ta olishmaydi.  Bu jarayon islomiy xukmlarga olib bormasa xam, jamiyatni sezilarli darajada islomiylashib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, ustimizdagi mustamlakachi mamlakatlarni ta‘sirini zaiflashtirib yuboradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.