Hojizoda: Harbiy sohada AQSh bilan muloqot liniyamiz avvaldan mavjud edi

0
443

Eron Inqilob gvardiyachilari havo kuchlari qo‘mondonlaridan biri Amir Ali Hojizoda Eron – Iroq urushidan buyon Eron bilan AQSh o‘rtasida harbiy sohada aloqa liniyasi mavjud bo‘lib kelganligini bildirdi. Fors xabar agentligi tarafidan tarqatilgan xabarda aytilishicha, Eronning Qom shahridagi Masumiya madrasasida so‘zga chiqqan Hojizoda AQSh bilan siyosiy maydonda muloqot davom etganligini va xuddi shunga o‘xshash aloqa liniyasi harbiy sohada ham bo‘lganligini ta‘kidladi.

“Siyosiy maydonda bo‘lgani kabi harbiy maydonda ham ikki tomon o‘rtasida Eron-Iroq urushidan to hozirgacha aloqa liniyasi mavjud bo‘lib keldi. Liniyaning bir tomonida Amerika mudofaasi bo‘lsa, ikkinchi tarafida qurolli kuchlari bor edi”, dedi Hojizoda.

Hojizodaning ma‘lum qilishicha, yadro bitimi, sanktsiyalarning olib tashlanishi va AQSh ma‘muriyati tomonidan musodara qilingan 2 milliard dollar kabi masalalar bo‘yicha oldinga siljish qayd etilishi uchun AQSh va Eron o‘rtasida siyosiy maydonda muloqot bo‘lgani kabi harbiy maydonda davom etib kelgan.

Turkiston:

O‘zini Amerikaning ashaddiy dushmani qilib ko‘rsatishga urinib kelayotgan Eron aslida Yaqin Sharq mintaqasida Amerikaning strategik manfaatlarini himoya qiluvchi davlat hisoblanadi. Bunga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. 2001 yil 11 sentyabr hodisasidan so‘ng Amerika Afg‘oniston va Iroqqa qarshi urush ochib, “botqoq”qa botib qolganida Eron uni bu botqoqdan qutqaruvchi vazifasini o‘tadi. Hoshimiy Rafsanjoniy 2002 yil Germaniyaning Bonn shahrida Eronning bu rolini ochiq tan oldi. Iroqda ham Amerika sarosimaga tushib gangib qolganda yana Eron qutqaruvchi sifatida hozir-u nozir bo‘ldi. U Iroq davlatini shiya-sunniy qilib, toifachilik asosida bo‘lib tashlash bilan AQShning joniga oro qirdi.

Afg‘onistondagi Tolibon rejimi va Iroqdagi Saddam Husayn rejimi Eronning eng ashaddiy dushmani bo‘lganligi hech kimga sir emas. Biroq Amerika Eronni emas, balki Saddam va Tolibon rejimlarini qulatdi. Bu rejimlarning qulashi esa Eronning mintaqada, bemalol harakat qilishiga keng yo‘l ochib berarishi kundek ravshan edi. Ko‘rinib turiptiki, Eronning AQShga nisbatan dod-voylari quruq ko‘z bo‘yamachilikdan boshqa narsa emas. Aslida Eron ham boshqa davlatlar kabi AQShning malayidir. Bu ikki davlat o‘rtasidagi so‘nggi paytlardagi munosabatlar buni aniq ko‘rsatib turipdi.

Izohlar yo'q