“Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi”
Musulmonlarning Xalifa bor paytidagi holatlari bilan uning yo‘qlik paytidagi holatlari
Nahotki, voqea-hodisalarni kuzatib borayotgan har qanday insofli kishi bugungi oydek ravshan haqiqatni topishi uchun albatta qattiq harakat qilish kerak bo‘lsa, axir, bu haqiqat hijriy 1342 yilda jinoyatkor yahudiy Mustafo Kamol qo‘li bilan usmoniylar Xalifaligi qulatilgandan buyon Islom Ummati boshiga ne-ne balolar yog‘dirilganini ko‘rsatib turibdiku?! Ummat Xalifalik quyoshi so‘ngandan beri hanuz zulmatda hayot kechirib, faryod qilmoqdaku?! Darvoqe, o‘shanda Britan tashqi ishlar vaziri (1919-1924) lord Jorj Kerzon ayni jinoyat ta‘sirini “Biz Turkiyani yo‘q qildik. Turkiya bugundan keyin hargiz oyoqqa turolmaydi… Chunki biz uning Islomda va Xalifalikda gavdalanuvchi quvvatini yo‘q qildik”, deya sifatlaydi. Uning do‘sti Buyuk Arab inqilobi (1916 yil) yetakchisi Lourens ham o‘zining maxfiy maktublarida bunday so‘zlarni yozgan: “Aftidan, Sharif Husayn bizga foydasi tegadigan odamga o‘xshaydi. Chunki u bizning islomiy frontni parchalash va usmoniy imperiyani tor-mor etish… kabi bevosita maqsadlarimiz bilan hamqadam yurmoqda… arablar ustida to‘g‘ri “ishlansa”, ular siyosiy parokandalik holatiga tushadilar, ya‘ni bir-birini ko‘rolmaydigan va jipslashish qobiliyati yo‘q mayda amirliklarga aylanadilar”.
Bu fojea va ofatlar kitobini birma-bir varaqlab chiqishga inson ojizlik qiladi… Chunki, Islom shariatining hayotdan chetlatilishi oqibatida kelib chiqqan bu fojealar Ummatga juda qimmatga tushdi. Masalan, avvalda mustamlakachi kofir G‘arb Ummatni mustaqil qaror chiqara olmaydigan o‘nlab davlatchalarga bo‘ldi…, hatto ular tepasiga shunday malay hukmdorlarni o‘tqazib qo‘ydiki, ular shu xo‘jayinlari buyrug‘i asosida Allohning shariatiga qarshi kurashdan boshqa tashvishni bilishmadi.
Xalifalikni yo‘qligi oqibatida yuzaga kelgan ahvolni batafsil aytib o‘tishga fursat sig‘magani sababli ulardan eng muhimlarini aytib o‘tmoqchiman:
1 – Birinchi, Alloh shariati bekor qilindi. Bu – sifatlashga til ojizlik qiladigan musibatdir. Chunki musulmon Allohning shariatidan uzoqda yashar ekan, uning Islomi mukammal bo‘lmaydi. Chunki inson tomonidan o‘ylab topilgan kufr qonunlariga bo‘ysunish, Islom nazdida, yeru osmonni yaratgan Alloh Subhanahuga xolis qullik hisoblanmaydi:
أَلَا لَهُ الْخَلْقُ وَالْأَمْرُ تَبَارَكَ اللَّهُ رَبُّ الْعَالَمِينَ
“Ogoh bo‘lingizkim, yaratish va buyurish faqat Unikidir, barcha olamlar Parvardigori-Alloh buyukdir” [A‘rof 54]
2 – Islomiy yurtlar mustamlakachi davlatlar hukmronligi ostida qoldi va hayotda shariatga muvofiq yashash istaklarini yo‘qotdi.
3 – Musulmonlar mustamlakachi davlatlarning “bo‘lib tashla, hukmron bo‘lasan” siyosatiga bo‘ysunib qoldilar. Bu bo‘lib tashlash oqibatlari ularga ulkan falokatlarni olib keldi: nafaqat yahudiylar Aqsoni va Rosulullohning Isro maskanlarini toptashga muvaffaq bo‘lishdi, balki islomiy yurtlardagi xoin hukmdorlar ham mustamlakachi xo‘jayinlari ko‘rsatmalarini bajarish bilan shug‘ullanishdi. Fuqarolarni qirib, yurtlarni vayronaga aylantirib, ho‘lu quruqni baravar yoqqan urushlar ham shu ko‘rsatmalardan biri bo‘ldi. Islomiy yurtlarimiz mana shu lahzada ham hanuz mustamlaka ostida yashamoqda. Hukmdorlarning musulmonlarni qutqarmay, Falastin, Markaziy Afrika, Birma, Checheniston, Kashmir, Filippin kabi yurtlarda qatli om qilinishiga qo‘yib berganliklari ham shu xoinliklari sirasiga kiradi. Ularning musulmonlarni qirg‘inga qo‘yib berishlarining navbatdagisini esa bugun Suriyada guvohi bo‘lyapmiz.
4 – Hukmdorlar islomiy yurtlardagi jamiyatlarni g‘arblashtirish, musulmonlarning islomiy shaxsiya asoslarini fikriy, siyosiy, saqofiy va iqtisodiy sohalarda buzish kabi mustamlakachilik siyosatini ijro etishmoqda. Maqsadlari, Islomni musulmonlar hayotidan butunlay o‘chirib tashlash, hech bo‘lmaganda, uni faqat shaxsga oid ibodatlargagina cheklab qo‘yishdir. Zero, bu narsa musulmonlarning uyg‘onishi va ularning mustamlakachilik kishanlaridan ozod bo‘lishlarida zarracha foyda bermaydi.
5 – Bu xoin hokimlar saroy “ulamolari” bilan til biriktirmaganlarida edi, bunchalik zalolatda uzoq davom etmagan bo‘lardilar. Chunki bu shayx ulamolar dinlarini dunyo evaziga almashtirib, o‘z ixtiyorlari bilan hukmdorlarning nohaq ishlarini haq qilib ko‘rsatishdi. Eng kamida, ularning jinoyatlariga sukut qilishdi, avvalo, Allohning shariatini bekor qilishdek jinoyatlariga sukut qilishdi. Bugun ulardan ko‘pchiligini zarari boru foydasi yo‘q bo‘lgan fatvolarni, voqega umuman aloqasi yo‘q ma‘ruzalar qilish bilan haddan oshishayotganini, anavi zolim hukmdorlar jinoyatlariga esa uyalmay qarab turishganini guvohi bo‘lyapmiz. Axir, bu hukmdorlar kofirlarga yordam berishyapti, Allohning shariatini chetga chiqarib, uni tatbiq etishga da‘vat qilayotgan musulmonlarga qarshi kurashishyapti, Alloh harom qilgan narsalarni halol qilishyapti:
إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللَّهِ وَأَيْمَانِهِمْ ثَمَنًا قَلِيلًا أُوْلَئِكَ لَا خَلَاقَ لَهُمْ فِي الْآخِرَةِ وَلَا يُكَلِّمُهُمْ اللَّهُ وَلَا يَنْظُرُ إِلَيْهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ وَإِنَّ مِنْهُمْ لَفَرِيقًا يَلْوُونَ أَلْسِنَتَهُمْ بِالْكِتَابِ لِتَحْسَبُوهُ مِنْ الْكِتَابِ وَمَا هُوَ مِنْ الْكِتَابِ وَيَقُولُونَ هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَمَا هُوَ مِنْ عِنْدِ اللَّهِ وَيَقُولُونَ عَلَى اللَّهِ الْكَذِبَ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
“Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘q, qiyomat kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va gunohlaridan poklamaydi, ular uchun alamli azob bor. Ulardan (yahudiylardan) yana bir guruhi borki, sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo‘lmagan narsani Kitobdan deb o‘ylashingiz uchun Tavrot kitobini tillarini burab (buzib-o‘zgartirib) o‘qiydilar va Allohning huzuridan kelmagan (o‘zlarining so‘zlarini) “Allohning huzuridan kelgan”, deydilar, ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlaydilar” [Oli Imron 77-78]
Demak, insofli kuzatuvchi kishiga Ilomiy Ummatning Xalifalik qulatilganidan so‘ng tushgan ahvoli bilan, Xalifalik soyasida bahra olgan holati o‘rtasini solishtira olishi mushkul emas ekan. Avvalo, Islom Ummati rabboniy shariat boshqaruvi soyasida bahra oldi, chunki bu davlat hidoyat, rahmat, g‘amxo‘rlik, kuch-qudrat va adolat davlati bo‘ldi. Biz musulmonlarning qanday qilib yer yuzining mag‘ribiyu mashriqiga ega bo‘lganlarini go‘vohi bo‘lsak, o‘zimizda faxr shuurini tuyamiz va musulmonlar qo‘lida bo‘lgan o‘sha hazorat, obodonlik, fikriy va madaniy taraqqiyotni qaytishini o‘ylab, yuraklarimiz o‘rtanib-entikib ketadi. Zotan, boshqa yurtlarimizda ham odamlar Xalifalik soyasida yashashga mushtoq, ular ham o‘z yurtlarining islomiy armiyalar tomonidan fath etilishiga intizor. Islomiy armiyalar yurtlarimizni fath etishidan oldin musulmonlar qalblari shu armiyalar tomonidan fath qilindi, shahar qishloqlarimizga kirib kelishlaridan oldin qalblarda ularga bo‘lgan muhabbat mustahkam o‘rnashdi. Buning dalilini, odamlarning to‘p-to‘p bo‘lib Allohning diniga kirayotganlaridan va kufr millatlari tomonidan – Turkiston, Bolqon kabi – zaminlari bosib olinishi ortidan boshlariga tushgan shuncha azob-uqubatlarga qaramasdan, Islomga mahkam yopishayotganidan ham ko‘rish mumkin.
Darhaqiqat, ayrim insofli tadqiqotchilar Ispaniyadagi hazorat haqidagina emas, boshqa yurtlardagi islomiy hazorat haqida ham hikoya qilganlar. Mashhur Gyustav Lebonning “Odamlar arablardek adolatli va mehribon fotihlarni ko‘rmaganlar”, degan so‘zlari ham shular jumlasidan. Lьyuis Seydiu esa ko‘proq Afrikaga kirib borgan islomiy hazorat omillari haqida gapirib, jumladan, bunday degan: “Ag‘lablar avlodi bor kuchlarini ayamay, savdo-sotiq, sanoat va qishloq xo‘jalik sohalarini rivojlantirdilar. Natijada, sahrolik aholi bilan sohilbo‘yi aholisi o‘rtasida aloqalarni yengillashtirib, omborxonalar vujudga keltirdilar, yo‘llar qurib, yuk tashish xavfsizligini ta‘minladilar, Marokash hududi bilan Misr o‘rtasida umumiy pochta xizmati tashkil qildilar. So‘ng asosiy portlarda ishlab chiqarish uchun alohida o‘rin yaratdilar, chunki ularda qudratli Flot mavjud edi va bu bilan dengiz hukmdorlariga aylangan edilar”. Xalifa Abdulhamid II bunyod etgan temir yo‘li bugungi kungacha Xalifalik davlatining buyukligiga real ibrat bo‘lib qolmoqdaki, xalifa bu ishni o‘sha paytda davlat moliyasi tang holatda bo‘lishiga qaramay uddasidan chiqqan. Xuddi shuningdek, ayni taqdiriy muhim tarmoq mustamlakachi kofir G‘arb o‘rnatib qo‘ygan malay davlatlarning ham omadsizligiga guvohlik bermoqda. Chunki G‘arb chizgan chiziqdan nariga o‘tmay kelayotgan rejimlar paydo bo‘lganiga bir asr bo‘lganiga qaramay, ushbu tarmoqni to‘xtatib qo‘yishdi.
Usmon Baxxosh