MXDQ xodimlarining “diniy” savodxonligi oshirilmoqda

0
502

 “Iymon” fondi va Anorbek Bakayev nomidagi MXDQ instituti tomonidan Qirg‘izistonning barcha viloyatlaridagi MXDQ xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etishdi.

 “Iymon” fondi raisi Nurjigit Qodirbekovning ta‘kidlashicha, ekstremizmga qarshi kurash bu – davlatning biror-bir tashkilotga qarshi kurashi emas, balki mafkuraga qarshi kurashdir.

 “Biz so‘z, axborot va ta‘lim orqali mafkuraviy kurash olib borishimiz zurur, axir bu eng samarali yo‘l. Biz aholi orasida tushintirish ishlarini olib borishimiz kerak, lekin kuch tuzilmalarimizni axborot yordami bilan ta‘minlash ham dolzarb masala, chunki aynan ular xalq himoyachilari hisoblanishadi”,- dedi Qodirbekov.

 Malaka oshirish kursida “Asosiy dini yo‘nalishlar, Islom asoslari va ilm-fan yordamida radikalizmni oldini olish” mavzusida taniqli ulamolar va teologlar ma‘ruza qilishdi.

 Mavzu bo‘yicha “Din, huquq va siyosat” tahliliy markazi direktori Qodir Malikov, Qirg‘iziston ulomolar kengashi a‘zosi Chubak xoji Jalilov, Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi da‘vat bo‘limidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Doniyor Murodilov, din ishlari bo‘yicha davlat Komissiyasi yetakchi mutaxassisi Denis Pыshkin, O‘shDU teologiya (dinshunoslik) fakulьteti kafedra mudiri Zaylabidin Ajimamatov, Qirg‘iziston-Rossiya Slavyan universiteti o‘qituvchisi Vladimir Shkolьniy va “Manas” nomidagi Qirg‘iziston-Turkiya teologiya fakulьteti mudiri Baqit Murzaraimovlar ma‘ruza qilishdi.

 “Zamonaviy shart-sharoitda terrorizm va ekstremizm dindan niqob sifatida foydalanmoqda, ammo bu xatarli ko‘rinishlarni dinga hech qanday aloqasi yo‘q. Aynan mana shu holat Islom asoslari va ilm-fan yordamida o‘quv jarayoni davomida batafsil ochib berildi. Ekstremizm va xalqaro terrorizmni oldini olish usullari va imkoniyatlari muhokama qilindi”, – dedi MXDQ instituti o‘qituvchisi Marat Abdildayev.

 Shuningdek, “Iymon” fondi raisi Nurjigit Qodirbekov va MXDQ instituti boshlig‘i Bolot Abdurahmonov ikkitomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdi.

Turkiston:

“Ekstremizm” kufr olami tomonidan o‘ylab topilgan atama bo‘lib,- keskin ko‘zqarash, tadbir va harakat  tarafdorlari, deb ta‘rif berishadi. Bu atamani hatto ularning mufakkirlari ham aniq tushuntirib berisha olmaydi.

Bu kufr sistemasi tomonidan atayin o‘ylab topilgan atama bo‘lib, uni faqat islomiy harakatlar va musulmonlarga qarshi qo‘llanib kelishadi. Hozirda bu atama yuqorida ko‘rib turganimizdek, hatto diniy ulamolarimiz tomonidan ham, xuddi kofirlar maqsad qilganlaridek, islomiy harakatlarga va musulmonlarga qarshi ishlatilmoqda.

“Iymon” fondi rahbari-ku G‘arb olami loihasining bir bo‘lagi. Lekin bizning ulamolarimizga nima bo‘ldi?!… Chubak hojiga nima bo‘ldi?!… Nahotki ular kufr jallodlari bilan hamkorlik qilish uchun shartnoma tuzishgan bo‘lishsa. Bu ochiq xoinlik emasmi! Vosil ibn Asqa‘dan, u Nabiy dan rivoyat qilgan hadisida Nabiy  aytadilar:

“يُؤْتُى يَوْمَ الْقِيَامَةِ بِعَبْدٍ مُحْسِنٍ فِيْ نَفْسِهِ لا يَرَى أَنَّ لَهُ سَيِّئَةً، فَيُقَالُ لَهُ: هَلْ كُنْتَ تُوالِيْ أَوْلِيَائِيْ؟ قَالَ: يَا رَبِّ، كُنْتُ مِنَ النَّاسِ سَلَماً، قَالَ: فَهَلْ كُنْتَ تُعَادِيْ أَعْدَائِيْ؟ قَالَ: يا رَبِّ، إِنِّيْ لَمْ أَكُنْ أُحِبُّ أَنْ يَكُونَ بَيْنِيْ وَبَيْنَ أَحَدٍ شَيْءٌ، فَيَقُولُ: وَعِزَّتِيْ، لا يَنَالُ رَحْمَتِيْ مَنْ لَمْ يُوَالِ أَوْلِيَائِيْ وَلَمْ يُعَادِ أَعْدَائِيْ”

“Qiyomat kuni o‘zi uchun biror yomonlikni ko‘rmagan, o‘zini yaxshi deb hisoblagan bir banda keltiriladi. So‘ng unga: Sen Mening do‘stlarimni do‘st tutdingmi? – deb aytiladi. U: Ey Parvardigor men odamlardan saqlandim, deydi. Alloh aytadi: Mening dushmanlarimni dushman tutdingmi? U aytadi: Ey Parvardigor men o‘zim bilan boshqa birovning o‘rtasida biror narsa bo‘lishini xohlamadim. So‘ng Alloh aytadi: Azizligimga qasamki, kimki Mening do‘stlarimni do‘st tutmasa va dushmanlarimni dushman tutmasa Mening rahmatimga noil bo‘la olmadiy”.

Nahotki, ulamolarimiz, aroq savdosi bilan shug‘ullanadigon, fohishaxonalarni ochiq himoya qiladigan, hijob va soqolni yomon ko‘radigan, deyarli hammasi ochiq da‘yus bo‘lgan va da‘yuslikka chaqiradigan, kufr sistemasi asosida hukm yuritadigan, namozni qoyim qililmaydigan, iqtisodiy sistemasi uchun sudxo‘rlikni asos qilib olgan, haromni halol deydigan…. hukumat tomonini haq tomon deb bilishgan bo‘lishsa. Rosululloh ning yana bir hadisi muboraklarida kelishicha:

“اَلْمُسْلِمُ أَخُو الْمُسْلِمِ، لا يَظْلِمُهُ وَلا يَخْذُلُهُ وَلا يَحْقِرُهُ”

“Musulmon musulmonning birodaridir, unga zulm qilmaydi, uni yordamsiz qoldirmaydi va uni haqir-past sanamaydi”.

Ikkinchi tomon hatto kufr sheriklaring aytayotganidek o‘ta yomon va xavfli bo‘lganida ham, sizlar ikki botilning birini tanlay olmaysizlar. Ikkinchi masala, sizlar kufr sistemasi yugurdaklarining ma‘lumotlariga tayanib ish ko‘rayapsizlar. Bu bir tomonlama hukm chiqarish asosining o‘zi shar‘an harom ish hisoblanadi. Sizlar kufrning, ustilaringdan tovlamachilik (shantaj) qilish uchun to‘plab qo‘ygan bir talay hujjatlaridan emas, yelkalaringizdagi ikki farishta yozib borayotgan daftarlardan qo‘rqinglar. Ollohning hujjatlari haq va azobi juda qattiq.

Nabiy  aytadi:

“اُنْصُرْ أَخَاكَ ظَالِماً أَوْ مَظْلُوماً…”

“Birodaringga zolim holatida ham mazlum holatida ham yordam ber…”.

Hukumat xodimlarining aksari musulmonlardir. Lekin ularning olib borishayotgan hukm va boshqaruv sistemalari kufr asosiga qurilgan. Biz ularni oxirat azobidan ogohlantirish bilan, kufr tuzog‘idan tortib olish haqida fikrlashimiz lozim. Lekin kufr ishida davom etaverishlari uchun ularga yordam berish, hamkorlik qilish bilan kufr tomonini tanlash, har ikkovingizni ham ikki dunyoda yutqazib qo‘yishingizga sabab bo‘ladi.

Biz sizlarni hukmdor qatlamning qarshiligiga uchrayotgan ikkinchi, ya‘ni islomiy jamoalar tomonni tanlashga da‘vat qilmaymiz. Sizlarga Olloh tomonidan aql ne‘mati berildi. Undan ham ziyoda qilib, haqni botildan ajratib olish uchun, ilm ne‘mati ham berildi. Albatta javobgarlikda sizlarning masuliyatingiz boshqa omilardan ko‘ra kuchliroqdir. Sizlar o‘zlaring mav‘iza qilayotgan islomiy chaqiruvlaringga teskari borayapsizlar. Ollohdan qo‘rqib, tavba qilib, ortinglardan ergashib borayotgan minglagan musulmonlarni haq yo‘lga solinglar. Chunki, siz ulamolar, o‘zlaringa ergashgan barcha musulmonlar uchun javobgarsizlar. Sizlar kufr sistemasi bilan shartnoma tuzdigiz. Qiyomatda, o‘shalarning bayrog‘i ostida tirilib qolgan musulmon naqadar baxtsiz va hor musulmon hisoblanadi. Olloh saqlasin.

Rosululloh ning hadislarida uzlat to‘g‘risida shunday keladi.

“قَالَ عُقْبَةُ بْنُ عَامِرٍ لِرَسُولِ اللهِ  مَا النَّجَاةُ يَا رَسُولَ اللهِ؟ فَقَالَ: يَا عُقْبَةُ، أَمْسِكْ عَلَيْكَ لِسَانَكَ، وَلْيَسْعَكْ بَيْتَكَ، وَابْكِ عَلَى خَطِيْئَتِكَ”

Uqbatu ibn Omir Rosululloh ga aytdi: Ey Rosululloh  najot nimada? Rosululloh  aytdilar: “Ey Uqba tilingga mahkam bo‘l, uying seni sig‘dirsin va xatolaringga yig‘lagin”.

Izohlar yo'q