Amerikalik mas’ul: Xitoy Janubiy Xitoy dengizida nazorat o’rnatishi mumkin

0
495

Amerikalik mas’ul: Xitoy Janubiy Xitoy dengizida nazorat o’rnatishi mumkin

Amerikalik bir harbiy mas’ulga ko’ra, voqelik shuni ko’rsatmoqdaki, agar Xitoy o’zi paydo qilgan barcha sun’iy orollarni qurollantirishda davom etaversa, u strategik Janubiy Xitoy dengizi mintaqasida nazorat o’rnatishi mumkin. Amerika harbiy dengiz Flotining Tinch Okean bo’yicha qo’mondoni admiral Garri Xarris «Oxir borib, Xitoy xalqaro savdo uchun asosiy mintaqa hisoblangan ayni mintaqada dengiz va havo koridorlarini nazorat qilish imkoniyatini qo’lga kiritishi mumkin», dedi. Unga ko’ra, Janubiy Xitoy dengizidan bir yilda 5300 milliard dollar qiymatga teng tovar olib o’tiladi, undan ming milliardi AQShga boradi, bu dengiz tubidan juda ko’p aloqa kabellari tortib o’tilgan. Pekin Janubiy Xitoy dengizining asosiy qismiga hukmronlik qilishni istamoqda. U mintaqadagi orollarda o’zlashtirish ishlarini olib borib, port va uchoqlar qo’nadigan maydonlar va turli infratuzilmalarni yaratishga urinmoqda. Shuning uchun Qo’shma Shtatlar ayni mintaqaning harbiylashayotganini qoraladi. Yaqinda u Parasel Arxipelagida raketa batareyalari, Spratli Arxipelagida yangi rusumdagi radarlar borligini fosh etdi. Xarris Janubiy Xitoy dengizida kemalarning erkin suzishini mustahkamlash maqsadida Qo’shma Shtatlar mintaqadagi o’z harbiy qismlarini ko’paytirmoqchi ekanini ta’kidladi. (Al-Jazira net).

Roya gazetasi sharhi:

Amerikalik mas’ulning bu bayonotidan uning ayni mintaqada Xitoy rolini qisqartirish maqsadida olib borayotgan siyosatini tushunish mumkin. Shuningdek, uning bu siyosatidan aksar Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlariga Xitoy va uning ochko’zliklariga qarshi kurashda Amerikaga muhtoj ekanliklarini his ettirmoqchi bo’layotganini ham tushunish mumkin. Ana shunda Amerikaning mintaqadagi harbiy mavjudligi mustahkamlanadi va bu davlatlar uning hukmronligiga yanada ko’proq bo’ysunadigan bo’ladi. Shuni unutmaslik lozimki, amerikalik mas’ul bayonotlari yangrab, Xitoyning ayni Arxipelaglarga raketa batareyalarini joylashtirayotganiga Amerika tomonidan noroziliklar bildirilganidan so’ng, shanba kuni «Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi» (ASYeAN) Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli suvlar masalasida davlatlararo kelishmovchilikning kuchayib borayotganidan tashvish bildirdi. Shuningdek, «bunday erlarni o’zlashtirish amaliyotlari va tobora kuchayib borayotgan tadbirlar taranglikni yanada kuchayishiga olib kelishini va bu mintaqa tinchligi, xavfsizligi va barqarorligiga rahna solishi ehtimolidan xoli emas»ligini ham qo’shimcha qildi.

Roya gazetasining 2016 yil 2 mart chorshanba kungi 67-sonidan

Izohlar yo'q