Amerika-Rossiya kelishuvi xalqaro qarorga aylantirildi

445
0

Xavfsizlik Kengashi Shom ahliga qarshi qurol sifatida foydalanish uchun Amerika-Rossiya kelishuvini xalqaro qarorga aylantirdi.

Xavfsizlik Kengashi Suriyada harbiy harakatlarni to’xtatishga oid Amerika-Rossiya kelishuvini tasdiqlovchi 2268 sonli qarorni bir ovozdan qabul qildi va barcha manfaatdor tomonlardan qaror ijrosini talab qildi. Vashington va Moskva tomonidan taklif etilgan ushbu qaror belgilangan sulh kuchga kirishidan salkam bir soat oldin ovozga qo’yildi. Qarorda Amerika-Rossiya o’rtasidagi o’t ochishni to’xtatish kelishuviga Xavfsizlik Kengashining «to’liq rozi»ligi va «harbiy harakatlarning to’xtatilishi 27 fevral Damashq vaqti bilan soat 00:00 dan boshlanishi kerakligi» ta’kidlandi hamda «harbiy harakatlarni to’xtatish vazifasi yuklangan barcha tomonlardan kelishuvni hurmat qilishlari» talab qilindi. Shuningdek, qarorda Suriyani qo’llovchi xalqaro guruh a’zolari «ushbu burchlarga rioya qilinishini ta’minlash» va «o’t ochishni doimiy to’xtatish»ning mustahkamlanishiga qulaylik yaratish uchun o’z nufuzlarini ishga solib, manfaatdor tomonlarga ta’sir o’tkazishga targ’ib etiladi. Xususan, 4,6 million suriyalik qamalda qolib, insonparvarlik yordamlarini etkazib berish qiyin bo’lib turgan bir paytda, Suriyaga insonparvarlik yordamlarini «emin-erkin va qisqa fursatda» etkazib berilishi ham talab qilinadi. Xavfsizlik Kengashi siyosiy o’tish davriga olib boruvchi muzokara amaliyotini o’tkazish zarurligini ta’kidlamoqda. (Livanda chiqadigan Nahor jurnali).

Roya gazetasining 2016 yil 2 mart chorshanba kungi 67-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.