AQSh davlat departamenti Markaziy Osiyo davlatlarini ehtimoliy teraktlardan ogohlantirdi

0
955

AQSh davlat departamentining 3 mart kunigi global terroristik tahdid haqidagi hujjatda Markaziy Osiyo davlatlarini ehtimoliy teraktlardan ogohlantirib o’tdi.

“O’zbekiston Islom harakati”, “Al-Qoida”, “Islomiy jihod ittifoqi” kabi terrorchi guruhlar tarafdorlari avvalgidek Markaziy Osiyoda juda faol. Bu guruhlar aksilamerika kayfiyatlarni shakllantirish orqali AQSh manfaatlariga tahdid uyg’otishlari mumkin”,- deyiladi hujjatda.

AQSh davlat departamenti bunday hujumlar nafaqat Markaziy Osiyoda balki butun dunyo bo’ylab, xususan Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyoda amalga oshirilishi mumkinligidan ogohlantirib o’tdi.

Hujjutda qayd etilishicha, “ekstremistlar odatiy qurollar va ommaviy qirg’in qurollardan foydalanib, rasmiy va xususiy manfaatlarga zarar etkazish maqsadida hujum uyushtirishlari mumkin”.

Turkiston:

AQSh hukumati mavjud bo’lmagan xatarni bo’rttirib ko’rsatish orqali Markaziy Osiyodagi mustabid rejimlarining shundoq ham Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan urushiga moy sepib kelmoqda. Bu rejimlar esa AQShdan “oq fotiha” olgach o’zlari uchun yoqimsiz bo’lgan shaxs va tashkilotlarni yo’q qilish va quvg’inga olishda aynan mana shu kabi “ogohlantirishlar”dan unumli foydalanishmoqda.

Izohlar yo'q