Iroq F-16 uchoqlaridan foydalanish uchun Amerika roziligiga muhtoj

488
0

O’tgan shanba kuni Iroq parlamentidagi xavfsizlik va mudofaa qo’mitasi Bag’dod Vashington roziligisiz G’-16 uchoqlarini harakatga keltirish salohiyatiga ega emasligini bildirdi. Qo’mita a’zosi Shaxvon Abdulloh matbuot yig’inida «Iroq hukumati F-16 uchoqlarini harakatga keltirish uchun Vashington roziligini olishi kerak. Busiz ularni mutlaqo harakatga keltira olmaydi», dedi.

Keyin, «Yaqinda Iroq Vashingtondan olgan F-16 uchoqlari bajaradigan barcha harakatlar Amerika hukumatining bu haqdagi roziligi bilangina amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida bizda tashvish uyg’otmoqda», deya qo’shimcha qildi.

Ma’lumki, Iroq 2011 yil sentyabr oyida Qo’shma Shtatlar bilan F-16 rusumli 36 ta qiruvchi uchoqlarni sotib olish to’g’risidagi strategik bitimni imzolagan bo’lib, ulardan 18 uchoq pulini to’lagan edi. 2012 yilga kelib, Iroq hukumati mamlakat havo hududini himoya qilish maqsadida ushbu uchoqlardan ko’proq sotib olish istagini bildirdi.

Ayni turdagi qiruvchi uchoqlarning navbatdagi partiyasi shu oy boshida Iroqqa keltirildi. Ikki davlat o’rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, puli bir necha daf’ada jo’natilishi kerak bo’lgan qiruvchi uchoqlarning navbatdagi partiyasi Iroq havo bazalaridan biriga qo’ndi.

Iroq 2015 yil iyul oyida shu turdagi uchoqlardan to’rttasini oldi. Bu to’rtta uchoq birinchi partiyadan iborat bo’lib, ular Iroq hukumati bilan Vashington o’rtasida imzolangan kelishuvda qayd etilgan. (Arabiy Jadid).

Roya gazetasi sharhi:

Iroq hukmdorlari sotib olingan uchoqlardan foydalanish uchun AQShning ruxsatiga muhtoj ekanmi, demak, bundan ularning Amerikaga qanchalar darajada muteligi ko’rinib turibdi… Modomiki, uchoqlardan foydalanish uchun Amerika ruxsati kerak ekan, yurtning ichki va tashqi siyosati bilan bog’liq bundan ham muhimroq ishlarning nima bo’lishini tasavvur qilib ko’ravering!!

 Roya gazetasining 2016 yil 10 fevral chorshanba kungi 64-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.