Suriya muxolafati Amerika «chekinishini» tanqid qilmoqda

0
429

Suriya muxolafat koalitsiyasining Parijdagi elchisi Munzir Moxus Amerikaning Suriya bo’hroniga nisbatan pozitsiyasida «dahshatli chekinish» borligini aytdi. U mabodo muzokaralar mohiyati borasidagi kelishuv – xuddi Suriya muxolafatidagi guruhlar Rossiyaning muzokaralardagi aralashuviga qarshi ekanliklarini bildirganidek – muvaffaqiyatsizlikka yuz tutsa bunday «omadsiz» muzokaraga kirishmagan ma’qulligini, bildirdi.

Moxus Al-Jazira bilan bo’lgan suhbatida Amerika tashqi ishlar vaziri Jon Kerrining Suriyadagi echim milliy birlik hukumatiga kelishilmaguncha aslo amalga oshmasligi, Qo’shma Shtatlar bu borada Rossiya va Eron bilan kelishib olganligi, to’g’risidagi gapini keltirib o’tdi. Kerri o’tgan juma Davosda o’tkazilgan anjumanda mazkur bayonotni bergan edi. Moxus Kerrining bu bayonotini «Amerika pozitsiyasidaga dahshatli chekinish», deya izohladi.

U yana Kerrining o’tgan shanba kuni Riyozda o’tkazilgan anjumanda muzokaralar oliy hay’ati raisi Riyoz Hijob bilan uchrashganini bildirdi. Kerri o’sha erda «Ular o’zlariga qo’yilgan shartlar doirasida (rejim bilan muzokara o’tkazish uchun) Jenevaga borishlari kerak. Aks holda, o’z ittifoqchilari qo’llab-quvvatlovidan mahrum bo’ladilar», degan edi. (Al-Jazira net).

Roya gezetasi sharhi:

Munzir Moxus bu gapni bilmay aytyaptimi yoki Suriya ahlini adashtirish maqsadidami, farqsiz, bu bitta narsaga dalolat qiladi. U ham bo’lsa, Amerikani Suriya ahliga yaxshilik olib kelayotgan, biroq Rossiya va Eron karvoniga ergashib, bundan chekingan qilib ko’rsatishdir!! Suriyadagi ishlarni kuzatib borayotgan har qanday ko’zi ochiq kishi, Eron Amerika siyosatini ijro etish uchun Suriyada bor kuchi bilan harakat qilayotganini, Rossiya Amerika bilan kelishib olgan holda o’zining ayrim manfaatlari va Islomu musulmonlarga qarshi kurashi muqobilida Suriyaga aralashganini anglab etadi. Moxus naql qilganidek, Amerika tashqi ishlar vazirining Suriya muxolafatidan ularga qo’yilgan shartlar doirasida muzokaraga borishni talab qilayotganiga kelsak, bu Amerika istaklariga tiz cho’kishlari uchun qo’zg’olonchilarga qilingan tahdiddir.

Roya gazetasining 2016 yil 27 yanvar chorshanba kungi 62-sonidan

Izohlar yo'q