“TSenterra” Bishkekdagi muzokaralarni yakunladi

457
0

“TSenterra Gold Ink” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Qilichbek Shakirovning xabar berishicha, “Qumtor” oltin koni bo’yicha muzokara o’tkazish uchun Bishkekka kelgan kompaniyaning kanadalik etakchilarini ish safari nihoyasiga etdi. Biroq, muzokaralar natijasi qanday bo’lgani mavhumligicha qolmoqda.

“TSenterra” prezidenti Frenk Xerberd va kompaniya ijrochi direktori Skott Perri o’tib borayotgan hafta boshida Qirg’izistonga kelgan , 19 yanvar kuni esa bosh vazir Temir Sariev ularni qabul qilgan edi.

Hukumat matbuot xizmati xabar berganidek, Sariev qirg’iz tomoni 2014 yilning 18 yanvaridagi “Qumtor” loyihasini restrukturizatsiyalash shartlari to’g’risidagi kelishuvni ishga oshirish bo’yicha muzokaralar jarayonidan chiqish to’g’risida qaror qabul qilgani va bu loyiha asosida “TSenterra Gold Ink” kompaniyasi kiritgan takliflar Qirg’iziston manfaatlariga javob bermasligini ma’lum qilgan edi.

Shu bilan birga “TSenterra Gold Ink” kompaniyasi direktorlar kengashi kompaniyaning 4,6 million dona aktsiyasiga qo’shimcha yangi aktsiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarori Qirg’iziston manfaatlariga mos kelmasligini, bu ayrim qoidalarni buzish bilan amalga oshirilganini eslatib o’tgan edi.

Shuningdek, “TSenterra Gold Ink” kampaniyasining qo’shimcha aktsiyalar chiqarish haqidagi qaroriga Qirg’iziston parlamentidagilar ham qarshi chiqishdi. Deputat Aynura Altibaeva hukumatni kampaniyaning qo’shimcha aktsiyalar chiqarish haqidagi qarorini, kerak bo’lsa, sud orqali, bekor qilishga chaqirdi.

“Qo’shimcha qiymat qog’ozlari chiqarishlik – bu hamkorlikdagi sherikning ulushini kamaytirish uchun avvaldan sinalgan nayrang. O’z vaqtida bizning tamakichilik tarmog’imizni sindirdirishda ham «Reemstma¬-Krgzstan» kampaniyasi bizning ulushumizni bir necha barobar kamaytirish uchun aynan shu uslubni 6 marta qo’llagan” – deb misol keltirdi deputat.

Aynura Altibaevaga ko’ra, “qo’shimcha aktsiyalar chiqarishlik, «Qumtor» tashkilotidagi Qirg’iziston ulushining kamayishiga olib keladi. Bu esa, byudjetdagi millionlagan so’m, degani”.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumati “Qumtor” oltin koni bo’yicha Kanada bilan erishilgan kelishuvni bekor qilishga qanchalik harakat qilmasin, buni uddasidan chiqishi amrimahol. Chunki, AQSh boshchiligida tashkil etilgan Birlashgan millatlar tashkiloti faqat yirik davlatlar manfaatlarini himoya qiluvchi turli tuman xalqaro qonunlarni qabul qilish orqali Qirg’iziston singari “uchunchi olam” davlatlarini siyosiy, iqtisodiy jihatdan qaram qilish, qashshoqlikdan boshini chiqarmaslik va bu kabi davlatlarni faqat xomashyo bazasi sifatida ushlab turishga xizmat qilib kelmoqda.

Qirg’iziston hukumati ham endigina mustaqillikka erishgan yillari yirik davlatlar ajratgan arzimagan yordam pullariga ega chiqish ilinjida bunday xalqaro qonunlarni mazmun mahiyatiga etmay duch kelgan xalqaro kelishuvlarga imzo chekavergan edi. Bugunga kelib o’sha kelishuvlar “o’z mevalarini” bermoqda.

“Qumtor” oltin koni bo’yicha erishilgan kelishuv ham Qirg’iziston hukumati yo’l qo’ygan xatolardan biri bo’lib, shu vaqtga qadar bu kelishuv asoratidan qutula olmay kelyapti. Bundan tashqari yana boshqa bir qator kompaniyalar Qirg’izistonga nisbatan xalqaro sudlarga murojaat qilishi ortidan, qirg’iz hukumati xorijiy kompaniyalarga 1 milliard dollar miqdorida jarima to’lashi to’g’risida hukm chiqarilgan.

Nafaqat Qirg’iziston hukumati, balki mustamlakachi davlatlar zulmi ostida ezilgan islomiy yurtlar uchun bu muammolardan qutulishining birdan-bir yo’li botil kapitalistik tuzum kishanlarini parchalab tashlash, mustamlakachi davlatlar tomonidan qo’yilgan har qanday xalqaro qonunlarni rad qilish va bunday botil tuzum o’rniga barcha insoniyatni xotirjamlik va farovonlikka olib chiquvchi Xalifalik davlatini barpo qilish orqaligina amalga oshadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.