Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya masalasida rus xalqining oldida o’zini oqlash uchun cherkov odamlarini ishga solmoqda. Rus pravoslav cherkovi Suriyada kechayotgan siyosiy inqirozga aralashib vaziyatni yanada chigallashtirgan Moskva hukumatini qo’llab quvvatlashini bildirib bayonot berdi. Cherkov patriarxi Kirill tarafidan berilgan bayonotda aytilishicha, Suriya ruslarning ham vatani hisoblanadi. Shuningdek patriarxga ko’ra, Rossiya samalyotlarining Suriya ustidan bombalar yog’dirib, begunoh insonlarni qatl etishi Injilga muvofiqdir.
“Bizga uzoq ko’ringan Suriyadagi voqealar aslida bizdan hech ham uzoq emas. Suriya bizning haqiqiy qo’shnimizdir. Biz u erda ona vatanimizni himoya qilyapmiz”, “Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari muqaddas kitob Injilga va Avgustinusning “Adolatli jang” nazariyasiga muvofiqdir”, dedi rus pravoslav Patriarxi Rossiyaning “Rossiya 1” televizion kanaliga bergan intervyusida.
Patriarxning da’vo qilishicha, butun dunyoning ko’z o’ngida tinch aholi punktlarini, jumladan maktablar va shifoxonalarni bombalab, ekagu-ayol, yoshu-qari demay, qirg’in qilayotgan Rossiyaning hujumlari insoniyatni qutqarish uchun amalga oshirilmoqda.
“Suriyadagi janglarimiz faqat mudofaa uchun olib borilmoqda. Shuning uchun u adolatli urushdir. Insoniyatni, jamiyatni va davlatni mudofaa qilish maqsadida olib borilayotgan jang diniy jihatdan to’g’ri hisoblanishi mumkin. Bugungi kunda eng ko’p bosim ostida qolgan din Xristian dinidir. Shuning uchun Rossiyaning najot urushiga har bir kishi umid bilan qaramoqda. Biz suriyalik birodarlarimizni qutqarishni istaymiz. Shu yo’l bilan Ekstremistlar, mutaassiblar va terroristlar bilan jang qilmoqdamiz”, deya qo’shimcha qildi patriarx.