Xalqning fikri hukumatni qiziqtirmaydi

0
484

 Hukumatning axborot bo’limi boshlig’i Nazira Axmedovaning “Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmatiga ma’lum qilishicha, Rossiya telekanallariga maxsus maqom berish bo’yicha qaror jamoatchilik muhokamasisiz qabul qilinadi. Uning so’zlariga ko’ra, qirg’iz-rus kelishuvi jamoatchilik muhokamasidan olib tashlangan, biroq jamoatchilik fikri hisobga olinadi.

“Bu kelishuv bo’lganligidan uni muhokamaga qo’yib bo’lmaydi, hojati yo’q. Hukumat uni ko’rib chiqib yo qo’l qo’yadi yoki ko’rib chiqmaydi. Bu Rossiyaning tashabbusi, uni qirg’iz tomoni ko’rib chiqadi. Qanday qaror bo’lmasin jamoatchilik muhokamasiga qo’yib kelinyapti. Agar bu kelishuvga xalq qarshi bo’lsa, hukumat buni ham hisobga oladi”, – dedi Axmedova.

Turkiston:

Qirg’iziston hukumati uchun xalqning iqtisodiy yoki ma’naviy holati, dunyoqarashi qanday bo’lishini hech qanday ahamiyati qolmagan ko’rinadi. Qirg’iziston hukumati mamlakatni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga olib kirishidan oldin Qirg’izistonni bu tashkilotga a’zo bo’lishi bo’yicha Rossiya tomonidan tayyorlangan yo’l xaritasini tasdiqlashda ham xalqning fikri inobatga olinmagan va yo’l xaritasini hukumatdagi sanoqli amaldorlardan boshqa hech kim, hatto deputatlar ham ko’rishmagan bo’lsada yo’l xaritasi tasdiqdan o’tdi va Qirg’iziston YeOII a’zo bo’ldi.

YeOIIga a’zolik o’zining salbiy oqibatlarini ko’rsatishda kechikmadi. Bugungi kunda o’n minglab odamlarni ish bilan ta’tinlagan Dordoy, Qorasuv bozorlari deyarli inqiroz yoqasiga kelib qoldi. Qirg’iziston iqtisodini asosi bo’lgan reeksportni kamayib ketishi natijasida esa davlat byudjetidagi kamomad yildan-yilga oshib boryapti. Rasmiy hukumat esa hech uyalmay, bu qiyinchiliklar vaqtinchalik ekanligi, uch-to’rt yildan keyin o’tib ketishini aytmoqda. Bu uch-to’rt yil mobaynida esa yo’g’on cho’zilib, ingicha uzilishi bilan hech kimning ishi yo’q. Hukumatning birdan-bir tashvishi qanday qilib bo’lsa ham Rossiyani rozi qilish, u tomonidan qo’yilayotgan talablarni so’zsiz bajarish bo’lib qoldi.

Bugunga kelib Rossiya “Birinchi kanal” (ORT) va “Rossiya RTR” kanallariga maxsus maqom berishni talab qilmoqda. Avvaliga hukumat bu masalani jamoatchilik muhokamasiga qo’yishga qaror qildi. Ammo bunga jamoatchilik salbiy fikr bildira boshlagach esa uni muhokamadan olib tashlandi va hukumatning yolg’iz o’zi qaror qabul qiladigan bo’ldi. Garchi hukumat hozircha xalqning fikri ham inobatga olinishini aytib, sizu-bizni aldashga intilayotgan bo’lsada, xuddi mamlakatni YeOII olib kirgani kabi Rossiyaning bu talabini ham so’zsiz bajaradi.

Rossiya aholisini 80 foizidan ziyodini xristianlar tashkil etishini, telekanallar ham manashu e’tiqod va dunyoqarashdan kelib chiqib ko’rsatuvlar tayyorlashini va bu ko’rsatuvlar aholisining 85 foizidan ko’pini musulmonlar tashkil etivchi Qirg’izistonda maxsus maqomga ega bo’lishi, o’zining buzuq dunyoqarashi va siyosati bilan oddiy xalq ma’naviyatini buzishi hukumatni zarracha tashvishga solmaydi.

Izohlar yo'q