Rasmiy qayd (ZAGS)dan o’tmay turib nikoh o’qishni taqiqlash taklif qilinmoqda

0
446

So’ngi vaqtlarda Qirg’izistondagi biror siyosatchi yoki jamoat arbobi nom chiqarishni, o’zini go’yoki ishlayotgandek qilib ko’rsatishni xohlagudek bo’lsa, buning eng oson yo’li sifatida Islom dini va uning qadriyatlariga qarshi fikr bildirishi urf bo’lib bormoqda.

Prezident Almazbek Atambaevning sobiq matbuot kotibi, ayni vaqtda Jogorku Kenesh deputati Janar Akaev (QSDP) Qirg’izistonda boshqa xal qilinishi zarur bo’lgan muammolar qurib ketgandek, parlament binosida namozxona bo’lishiga qarshi fikr bildirishi bilan darhol “taniqli arboblar” sirasidan o’rin oldi va go’yoki o’zini “xalq manfaatlari yo’lida jon kuydirayotgan deputat sifatida namoyon” qildi.

Bugunga kelib esa yana ikki deputat Janar Akaevdan “estafeta”ni qabul qilib olishdi.

Qirg’izistonning sobiq bosh prokurori, ayni vaqtda Jogorku Kenesh deputati Aida Salyanova (Ata Meken) va uning hamkasbi Elmira Jumalieva (Qirg’iziston) rasmiy nikoh qaydi (ZAGS)dan o’tmay turib diniy an’analarga muvofiq nikoh o’qishni taqiqlash tashabbusini ko’tarib chiqishdi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi.

“Oila kodeksi” va “Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks”ga kiritilgan o’zgartirishlar nikoh va oila institutlarini mustaxkamlashga qaratilgani aytilmoqda. Qonun loyihasida rasmiy nikoh qaydi (ZAGS)dan o’tmagan va balog’at yoshiga etmaganlarni nikohlagan diniy xizmatchilar (imomlar)ni jinoiy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan.

Salyanova va Jumalievalar rasmiy qayddan o’tmaganlarni nikohlagan diniy xizmatchilarni 3 yilga qadar, balog’at yoshiga etmaganlarni nikohlaganlarni esa 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolashni taklif qilishmoqda.

Izohlar yo'q