Uoll-strit: AQSh Asad bilan munosabatlarini hech uzgan emas

400
0

Rossiya va Eron bilan bir qatorda Amerika qo’shma shtatlari ham Asad rejimi bilan doimiy aloqa o’rnatib kelgan. Bu haqida “Wall Street Journal” gazetasi xabar tarqatdi. Gazetaga ko’ra, AQSh va Suriya o’rtasidagi aloqalar inqilob boshlangan 2011 yildan hozirgi kunga qadar uzluksiz davom etib kelgan.

“Wall Street Journal” gazetasi bu haqida hisobot ham e’lon qildi. Hisobotda aytilishicha, Suriya inqirozi boshlangan 2011 yildan buyon Obama idorasi Asad rejimi bilan diplomatik kanallar orqali tinimsiz xabarlashib turgan.

Shuningdek hisobotda Amerika Qo’shma Shtatlari Suriyada ichki nizolar sababli avvalambor Suriya hukumatini o’zgartirish uchun inqilobchi general izlashga tushganligi, ammo izlaganiga erisha olmagach, Asad rejimi bilan maxfiy uchrashuv o’tkaza boshlaganligi haqida ham aytib o’tiladi.

Biroq, Obama ma’muriyati Suriya inqirozi davrida Asad rejimini rasman tan olmasligini bildirib keldi. Hatto 2013 yilda muxolifat guruhlarni Suriyaning vakili sifatida tan olganini ham e’lon qilgan edi.

AQShning Asad bilan aloqani uzmaganligi haqidagi da’volar jamoatchilikda aks munosabat paydo qildi. AQSh matbuotida Obama ma’muriyatining bir biriga zid tashqi siyosati Suriya urushining yana ham uzayishiga sabab bo’lganligi bilan izohlanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.