Xavfsizlik idoralari xodimlarining “karomatli qo’llarida” multfilm yozilgan DVD disk ham ekstermistik materialga aylanib qoladi

534
0

O’sh shahrida yana bir musulmon birodarimizga nisbatan bo’hton qilishdi. 1977 yilda tug’ilgan, uch farzandning otasi Tagaev Bahrom novvoychilik kasbi bilan shug’ullanib, shu orqali oilasini boqib kelar edi. Bundan bir oy oldin uning uyiga O’sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi 10 bo’limi xodimlari tintuv o’tkazish uchun “tashrif buyurishadi”. Tintuv o’tkazishga esa birodarimizning uy yaqinidan portlovchi modda topilgani asos qilib keltiriladi. Tintuv natijasida IIV xodimlari multfilm yozilgan uch dona DVD diskni olishadi. Birodarimizning disk mazmunini shu erning o’zida tekshirib ko’rish to’g’risidagi talabini rad qilgan kuch idora xodimlari, unga bo’hton (podstava) qilish niyatlari yo’q ekanligi va ularga ishonishi mumkin ekanligini aytishadi. Bahrom ularning va’dalariga ishonib qolaveradi.

Biroq, 13 dekabr kuni Bahromni Doniyor ismli tergovchi chaqirtirib, teologik ekspertiza natijalari DVD disk ekstremistik mazmunda ekanligini aniqlaganini aytadi. Bundan xayron bo’lgan Bahrom ularga Allohdan qo’rqishni, Qiyomat kunida o’zlariga qiyin bo’lishini, Oxirat azobi oldida ularning jazolari hech narsa emasligini va musulmon bo’lgani uchungina tuhmat qilishayotganini aytadi. Ammo ular Bahromning so’ziga e’tibor ham bermay, qamoqqa olishdi.

Vaqtinchalik amal kursisida o’tirgan militsiya xodimlari bir kun kelib barcha qatori o’zlari ham o’lishlarini va bu qilmishlari uchun Allohning oldida javob berishlarini unitib qo’yishgan ko’rinadi. Ular do’st kimu, dushman kimligini ajrata olmay Rossiya va Amerika buyriqlarini bajarish bilan ovora bo’lib, ko’zlar qotib qoladigan Kunda ahvollari nima kechishi haqida o’ylab ham ko’rishmayapti.

“(Ey Muhammad), siz hargiz: “Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan g’ofil” deb o’ylamang! Faqat Alloh ular(ning jazolari)ni ko’zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo’rqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko’targan hollarida (chorlangan tomonga hisob-kitob uchun) chopurlar. Ko’zlari o’zlariga qaytmaydi (ya’ni, qo’rquvdan qotib qolib, o’zlarining qanday holda ekanliklarini ham ko’rmaydilar). Dillari (dahshatdan) bo’m-bo’sh bo’lib qolur”. (14: 42-43)

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.