“Musulmon birodarlar” (Ixvonul Muslimin) guruhi Saudiya Arabistoni poytaxti Riyozda o’tkazilgan yig’ilishda Suriya muxolifati tarafidan qabul qilingan qarorlarni qo’llab quvvatlashini e’lon qildi. Bu haqida Anado’li axborot agentligi xabar tarqatdi.
“Musulmon birodarlar” guruhi tomonidan chiqarilgan yozma bayonotda aytilishicha, Rossiya va Eron bu o’lkani ishg’ol qilayotgan bir paytda Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan Suriya inqilobiy kuchlarining bir joyga to’planishi maqtovga sazovardir.
“Vakillik darajasi va xavfsizlik kuchlariga doir mexanizm borasida turli fikrda bo’lsak-da, Suriya “Musulmon birodarlar”i sifatida bu tashabbusni taqdirlaymiz. Biz Saudiya Arabistoni boshqaruviga Suriya xalqini qo’llab quvvatlaganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi guruh tarafidan chiqarilgan bayonotda.
“Musulmon birodarlar” guruhi Riyozda tashkil qilingan muzokara hay’atini ham qo’llab quvvatlashini birdirdi. Biroq buning uchun kelishilgan milliy qadriyatlarga amal qilinishi shart.
Suriya muxolifati muammoni diplomatik yo’llar orqali hal qilish uchun payshanba kuni Riyozda to’planib, Asad rejimi bilan muzokara qilish maqsadida yuqori darajari komissiya tashkil qilgan edi. Muxolifat vakillari tomonidan chiqarilgan yakuniy bayonotda aytilishicha, markazi Riyozda joylashgan mazkur komissiya o’tish davrining boshlanishi uchun rejim bilan muzokara olib boradigan hay’atni belgilaydi.
Turkiston:
AQSh Asadning o’rniga munosib kadr topa olmagach, muxolifat orasidan G’arbga moil bo’lganlarini Asadning qo’lini siqish sari etaklamoqda. Saudiya hukumati tashabbusi bilan amalga oshirilgan bu yig’ilish Suriya inqilobini AQShning manfaati tomon yo’naltirishdan boshqa narsa emas. U erda kelishilgan asosiy narsa Islomning har qanday ko’rinishiga terror tamg’asini yopishtirib, Suriya hokimiyatiga Islomiy boshqaruvning kelishiga aslo yo’l qo’ymaslikdir. Shuning uchun yig’ilishda “demokratik va fuqarolik davlat qurish” va “terrorizmning (Islomiy boshqaruvning) barcha shakllarini rad etish” kabi bir necha bandlar ustida kelishib olindi.
Bu g’alamis reja “Suriyada qon oqishni to’xtatish” bahonasi bilan niqoblanmoqda. Aslida AQSh va G’arb chizgan chiziqdan yurish shu vaqtgacha oqqan behisob pokiza qonlarga xiyonat qilishdir. Chunki bu kufr davlatlari dastagini qo’lga kiritgan, ammo xalq ishonchini qozona olmagan ayrim ilmoniy muxolifat vakillari bilan qonxo’r Asad rejimi o’rtasida bo’lib o’tadigan kelishimdir. O’rtadagi kelishim besh yildan buyon qurbon berib kelayotgan Suriya musulmonlari foydasini emas, AQSh va G’arb foydasini ko’zlab tuziladi. So’ngra Suriya xalqi bunga bo’ysunishga majbur qilinadi. Shuning uchun musulmon odam bo’layotgan hodisalarga teran nazar tashlamog’i va Islomiy Aqida nuqtai nazaridan kelib chiqib baho bermog’i lozim.