Atambaev Turkmaniston, Kuvayt va Qatar davlatlari bo’ylab safarini boshladi

380
0

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko’ra, Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 11 dekabrdan boshlab Turkmaniston, Kuvayt va Qatar davlatlariga rasmiy tashrif uyushtiradi.

Xabarda aytilishicha, rasmiy safar 11 -15 dekabr kunlari amalga oshiriladi. Ashxobodga tashrif chog’ida Almazbek Atambaev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashadi va “Betaraf siyosat: tinchlik xavfsizlik va taraqqiyot uchun xalqaro hamkorlik” deb nomlangan xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi. Shuningdek u erda Almazbek Atambaev va Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili o’rtasida ikki tomonlama hamkorlik masalasida uchrashuv o’tkazish ham rejaga kiritilgan.

12-14 dekabr kunlari Atambaev rasmiy tashrif bilan Kuvaytga borsa, 14-15 dekabr kunlari Qatarda amir Tamim bin Hamad at-Taniy bilan uchrashadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.