NATO: Musulmonlar uchun janga kirmaymiz

487
0

NATO IShIDga qarshi jang qilish uchun Suriyaga harbiy kuch yubormaydi. Bu haqida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsariyaning “Tages-Anzeiger” gazetasiga intervyu berdi. Stoltenbergning ta’kidlashicha, Musulmonlarning o’zlari jangni davom ettirishlari lozim. Buning uchun mahalliy kuchlarni kuchaytirish zarur.

“Bu urushda Musulmonlar oldingi safdadir. Qurbonlarning ko’pchiligi musulmonlardir. IShID bilan jang qilayotganlarning aksariyati ham musulmonlardir. Biz musulmonlar uchun bu urushni davom ettira olmaymiz”, “AQShning oz sonli maxsus kuchlari bor. Lekin birinchi o’rinda mahalliy kuchlarni kuchaytirish lozim. Bu oson emas, ammo boshqa variant ham yo’q”, dedi Stoltenberg.

Quruqlikdan hujum qiladigan kuchlarni Suriyaga yuborish borasida so’z ochgan NATO Bosh kotibi “Bu NATO ittifoqchilari yoki koalitsiya kuchlarining kun tartibiga kititilgan emas”, deya qo’shimcha qildi.

Stoltenberg mazkur janglar G’arb va musulmon dunyosi o’rtasida emas, balki “ekstremizm” va “terrorizm”ga qarshi amalga oshirilayotganini qayd etdi. Lekin u maktablarga uyushtirilgan hujumlar oqibatida halok bo’lgan o’quvchilar hamda shahar va qishloqlar ustidan yog’dirilayotgan bombalar sababli qirg’in qilinayotgan bolalar va ayollarning “ekstremizm” va “terrorizm”ga qanday aloqasi borligi haqida to’xtalmadi.

Rossiya Suriyada terror amaliyotlarini amalga oshirayotganiga butun dunyo guvoh bo’lib turipti. Rus havo kuchlari Suriyada yigirma kun ichida 127 nafar tinch fuqaroni o’ldirdi. Ulardan 36 nafari 18 yoshga etmagan bolalar, 34 nafari 18 yoshga to’lmagan qizlar va 58 nafari esa erkaklarni tashkil qiladi. Shunday bo’lishiga qaramay, NATOning nazarida Rossiya emas, o’z aqidasi bilan yashashni talab qilayotgan musulmonlar “terrorist”dir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.