Kaptagaev: da’vat qattiq nazoratga olinishi kerak

0
594

So’ngi vaqtlarda ayrim kuchlar tomonidan qirg’iz jamoatchiligi ichida Tablig’ jamoasini taqiqlash kerakmi yoki yo’qmi degan mavzuni asosiy o’ringa olib chiqish uchun harakatlar olib borilmoqda. Ma’lumki, bu kuchlar rossiyaparast jamoat arboblari va ekspertlardan iborat bo’lib, ular tomonidan Tablig’ haqida ilgari surilgan turli xil farazlar bu mavzuni yanada dolzarb bo’lishiga o’z xissasini qo’shmoqda.

25 noyabr kuni Rossiyaning geostrategik tadqiqotlar markazi tomonidan Bishkekda uyushtirilgan davra suhbatida ham asosiy mavzu terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalasi bo’ldi. Mazkur davra suhbatida Geostrategik tadqiqotlar markazi vakili Yevgeniy Redko “Qirg’iziston ham KXShTga a’zo davlat sifatida Tablig’ jamoasini taqiqlashi kerak”ligini Qirg’iziston hukumatiga eslatib o’tdi.

Mazkur yig’ilishdan so’ng ayrim amaldorlar tomonidan ham Tablig’ jamoasiga nisbatan salbiy fikrlarni bildirilmoqda. Shulardan biri Issiqko’l viloyati gubernatori Emil Kaptagaev bo’lib, u da’vatchilar qattiq nazorat ostiga olinishi kerakligini aytib chiqdi.

“Da’vatni uyushtiradigan tizimning o’zi yopiq. O’nlab odamlardan tashkil topgan jamoatning boshida amir turadi. Uning amiri kim ekanligi, ularning hayolida nima bor ekanligini hech kim bilmaydi. Shuning o’zi xavfli. Davlat shuni qattiq nazorat ostiga olishi kerak. Jamoatlarni kim boshqarib yuradi, ular kim bilan aloqa qilishadi? O’sha aloqa qilib yurgan odamlarning asosiy maqsadi, fikri qanday? Shularning bari davlatning nazorati ostida bo’lishi kerak. Mamlakat, jamiyat uchun xatari bor tizim”, – dedi Kaptagaev.

Boshqa ekspert va siyosatchilar singari Emil kaptagaev ham o’z fikrini quvvatlash uchun Suriyaga chiqib ketganlarni misol sifatida keltirdi.

“Namoz o’qish kerak, iymonli bo’lish kerak dep yurib, mana hozir Issiqko’ldan 45 kishi Suriyaga chiqib ketgani aniqlandi. Shu 45 kishidan 25tasi bir oiladan. 80 yoshga chiqqan kampir to’rt qizi, kuyov bolalari, 15 nevarasi bilan olib chiqib ketdi. Ular o’z-o’zidan ketishgani yo’q. Ularni ham kimlardir chaqirgan, yo’ldan urgan, ya’ni da’vat qilgan. Har xil so’zlarni aytib, miyasini aynitib olib ketishdi. Ularni etaklaganlar ham da’vat degan narsa bilan yurishadi”, – dedi Issiqko’l viloyati gubernatori.

Turkiston:

Qirg’izistonda, biror bir islomiy guruh yoki oqimni misol qilib olishib, Islomga qarshi kurash borayapti. Da’vat muayyan bir guruhning emas balki butun Musulmonlar uchun farz amali bo’lib hisoblanadi. Lekin kufr va uning malaylari bu haqiqatni oshkor ayta olishmaydi. Ular Islomga zid ravishda Musulmonlarni “terrorist, ekstremist, vahhobiy, rodikal..” kabi atamalar bilan atashib, ularning ichidagi da’vatni farz deb bilib, imkoniyati darajasidi shu amalni bajarib kelayotganlarini ajratib olishmoqchi bo’lishadi. Ular ummatni chalg’itib, Musulmonlarni bir necha, bir biriga adovatli bo’laklarga bo’lib yuborish maqsadida, bir tomondan yuqoridagi kabi buzuq va badxulq xiyonatchi Musulmonlar vositasida teskari tashviqod ishlarini olib borishsa, ikkinchi tomondan o’sha Musulmonlarning nomidan o’zlari qo’poruv amaliyotlari uyushtirishadi.

Izohlar yo'q