Putin: Turkiya bizni orqadan pichoqladi

0
539

Russia's Prime Minister and President-elect Vladimir Putin makes a pause as he speaks in the State Duma lower house of parliament, in Moscow, on April 11, 2012. Putin said today Russia has beaten the economic crisis and called on political forces to unite as he prepares to return to the Kremlin next month. AFP PHOTO / KIRILL KUDRYAVTSEV (Photo credit should read KIRILL KUDRYAVTSEV/AFP/Getty Images)

Turkiya bosh shtab boshqarmasi Rossiyaga oid qiruvchi samolyot Turk havo hududini buzganligi sababli urib tushirilganligini bildirdi. Bosh shtabga ko’ra, rus samolyoti besh daqiqa ichida 10 marta ogohlantirilgan. Talab bajarilmagach hujumga o’tilgan. Turk havo hududini buzgan rus qiruvchi samolyoti Turkiya tarafidan urib tushirilgandan so’ng Rossiya prezidenti Vladimir Putin ilk bor bayonot berib Turkiyaga qarshi qattiq aks munosabat bildirdi.

“Rossiya samolyotining Suriyada urib tushirilish hodisasi terrorizmga qarshi kurash doirasidan tashqaridagi hodisadir. Orqamizdan pichoqlandik”, “Bizning aviatsiyamiz va uchuvchilarimiz Turkiyaga aslo tahdid tug’dirmagan edi. Bu juda aniqdir. Samolyot IShIDga qarshi hujumlarini davom ettirayotgan edi. U Turkiya chegarasidan 4 kilometr uzoqlikda edi. Rossiya bunday hodisalar oldini olish bo’yicha AQSh bilan shartnoma imzolaganligiga qaramay, Turkiya Rossiyaning samolyotini urib tushirdi. Samolyotning urib tushirilishi Turkiya-Rossiya munosabatlari uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Rossiya Turkiyaga nafaqat qo’shni davlat, balki do’st sifatida yaqin edi. Bunday qadamning kimga foydasi bor, bilmayman. Lekin bizga buning keragi yo’q. Turkiya Rossiya samolyotini urib tushirgandan keyin zudlik bilan Rossiya bilan muloqot o’rnatish o’rniga NATOga murojaat qildi. Go’yo samolyotni Rossiya urib tushirgandek”, dedi Putin.

Mazkur Samolyot hodisasi otidan Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya bilan barcha harbiy aloqalar to’xtatib qo’yilganligini ma’lum qildi. Bu haqida Rossiya Mudofaa vazirligining veb-saytida Rossiya Bosh Shtab boshqarmasiga oid asosiy operatsiyalar mudirligining rahbari general leytenant Sergey Rudskoyning bayonoti e’lon qilindi.

Rossiya Mudofaa vazirligining Su-24 rusumli qiruvchi samolyoti urib tushirilganligi haqida bayonoti e’lon qilingandan so’ng Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi bo’lib o’tdi. Har xil shiorlar bilan chiqqan namoyishchilar elchixona binosi derazalariga tuxum va toshlar otdi. Binoning 2 va 3-qavatdagi deraza oynalari sindi.

Moskva elchixonasi Matbuot maslahatchisi Orhan Gazigil elchixona oldida Politsiya zaruriy xavfsizlik chora-tadbirlarini ko’rmaganligini bildirdi.

“Elchixona joylashgan ko’cha to’liq yopib qo’yilishi mumkin edi, lekin politsiya bunday qilmadi. Oxir oqibatda elchixona binosi shikastlandi”, dedi Gazigil.

Mazkur hodisa ortidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Turkiyaga rejalangan safari ham bekor qilindi. Reyter xabariga ko’ra, Rossiyaning Sochi shahrida jurnalistlarga intervyu bergan Lavrov Turkiyada terrorchilik xavfi o’tgan oy Misrda portlatilgan Rossiya yo’lovchi samolyotdan kam emasligini ta’kidladi. Frans-Pressning xabariga ko’ra, Lavrov rus fuqarolarini Turkiyaga borishdan ogohlantirgan.

Izohlar yo'q