Frantsiya prezidenti Fransua Olland Rossiya va AQSh bilan Suriyaga qarshi hujum uyushtirish haqida kelishib oldi

0
505

Frantsiya prezidenti Fransua Olland Rossiya va AQShga safari chog’ida ular bilan Suriyaga qarshi hamkorlikda hujum uyushtirish haqida kelishib oldi

Turkiston:

13 noyabrdan 14 noyabrga o’tar kechasi Frantsiya poytaxti Parijning olti erida bir vaqtda qo’poruvchilik amaliyotlari sodir etildi. Bu hodisa va Frantsiya prezidentining harakatlari AQShda bo’lib o’tgan 11 sentyabr voqeasi stsenariysini esga soldi.

11 sentyabr voqeasi ham Frantsiyadagi kabi imkoniyatlari va harakat qilish doiralari juda tor bo’lgan mujohidlarga yuklab yuborilgan edi. Shundan so’ng AQSh nafaqat sud hukmini, balki BMT tomonidan qabul qilingan har qanday me’yor va qonunlarni qo’pol tarzda buzib Afg’onistonga urush ochib yubordi. AQShning o’zi Afg’oniston ustidan bir tomonlama hukm chiqardi.

Frantsiyada bo’lib o’tgan hodisada ham Olland zudlik bilan echim chiqarib, o’zi aybdor deb topgan Suriya xalqini jazolay boshladi. Putin esa Rossiya aviakompaniyalari xavfsizligini ta’minlay olmay A321 halokati uchun javobgarlikni yana Suriya xalqiga yukladi va Suriyadagi suv usti va havo hujumlarini Frantsiya bilan hamkorlikda olib borishga va yana bir necha barobar kuchaytirishga buyruq berdi.

Har safar bir xil ko’rinish! Dunyo ekspertlari tomonidan yuqoridagi har uchchala qo’poruvchilik amaliyotlari ham o’sha mamlakatlar hukumati ko’rsatmasi asosida maxsus xizmatlar tomonidan atayin uyushtirilgani isbotlanib berilishiga qaramay, Islom va musulmonlar ustiga zulmni yomg’irdek yog’dira boshlashdi!

Musulmonlar dod-faryodidan yuraklar ezilib ketdi! Lekin ularni eshitish va yordam bera olish mumkin bo’lgan tomoni yo’q. Musulmonlarga nohaq zulm olib borilayotgani haqida gapirgudek bo’lsang, ekstremistsan! Zulm bevosita boshingga tushib o’zingni, farzandlaringni, oilangni himoya qila boshlaganingda esa terrorist bo’lib qolasan!

Adolatsizlik va zulm cho’qqisiga chiqdi. Kufr olami o’zining bir fuqarosini yuz minglab musulmonlar qoniga tenglashtiradi shekilli. Suriyada qurbon bo’lgan musulmonlar soni yaqinda millionga etadi. Yana qancha musulmonning qoni bularning alamini so’ndirar ekan!?

Yo’q, ularning alamlari so’nmaydi! Alamlari so’na boshlaganda yana bir qo’poruvchilik amaliyotini uyushtirishadi. Yana hammasi boshidan boshlanadi. Buni oxiri bormi?!

Bor! Bundan qutulishni faqat bir yo’li bor! U ham bo’lsa, butun dunyo musulmonlari islomiy mafkura atrofida, Rosululloh sallollahu alayhi va sallamning bayrog’i ostida jamlanib, kufr sistemasini inkor qilish va Islom tuzumini hayotga qaytarish orqali amalga oshadi. Kufr faqat mana shu hamjihatligimiz va bu uyushishmizda robita bo’ladigan Islom aqidasi va tuzumidan qo’rqadi.

E’tibor bering! Kufr yuqoridagi iflos yurishlarini boshlashidan avval islomiy mamlakatlarda Islomni noto’g’ri talqin qilish bilan musulmonlarni “radikal” va “mo”tadil” deb ikki qismga bo’lish uchun katta olamiy kampaniya boshladi. Har bir islomiy yurt etakchilari qo’l ostilaridagi xavfsizlik tizimlari vositasida islomiy shaxslarni, muftiylar va masjid imomlarini musulmonlarni bo’lib yuborish amaliyotida bevosita xizmat qilib berishga majburlay boshladi. Maqsadlari musulmonlarning boshiga shu kundagi xorlik, ya’ni kufrning zulmlari tusha boshlaganida, ular (mazlumlar) bizlardan emas, bizlarni Allohning o’zi o’sha yomon kunlardan asrasin degan uxlatuvchi (reaktsion) g’ayriislomiy pozitsiyani keng tarqatib berishdan iborat.

Zabardast olimu ulamolar uchun sinov vaqti keldi! Bir tomonda tinchlik va osoyishtalik, ikkinchi tomonda jannatning tikonli yo’llari. Uchunchisi, ularning ko’pi izlayotgan yo’l yo’q! Aksar musulmonlar o’zlarini bir chetga ola boshlashdi. Bu chetda turish ham kufrning olib borayotgan barcha ishlariga rozilik alomatidir. Bundan Alloh saqlasin.

Ey, G’arb olamidagi oddiy fuqarolar!

Yaqin kunlarda bu kunlar o’tib, olam charxpalagi boshqa tomonga aylana boshlaydi. Yuqoridagi sizlarning etakchilaringiz tomonidan atayin uyushtirilayotgan amaliyotlar, nafaqat musulmonlarni, balki siz (g’arb fuqarolari)ini ham chalg’itish uchun uyushtiriladi. Sizlar o’z etakchilaringizning mudhish rejalaridan boxabar bo’la turib uni tushunmagandek, zimdan ularni qo’llab borayapsizlar. Faqat Robbim Alloh deganlari uchungina qirg’in qilinayotgan musulmonlarning qoni sizlarning ham zimmangizda. Chunki, sizlar qanday bo’lsangiz ustingizdagi hokimlar ham xuddi shunday bo’ladi.

Hali ham vaqt bor. O’z etakchilaringizni bu iflos makrlar asosidagi siyosiy va harbiy yurishlaridan muhosaba qilinglar. Ularni AQShsingari mug’ombir-makkorlar ta’siri ostidan chiqarib olinglar. Chunki sizlar uchun – yaqin kunlarda Allohning izni bilan – qayta barpo etiladigan payg’ambarlik minhoji asosidagt haqiqiy Xalifalik davlati bilan yaxshi qo’shnichilik qilish manfaatliroqdir.

Abdurazzoq.

Izohlar yo'q