Hijob va niqob uchun Xitoyda jazo chorasi qo’llaniladi.

0
899

Xitoy hukumati jinoiy qonunchiligiga yangi o’zgartirishlar kiritdi. Unga ko’ra “ekstremistik liboslar” va unga da’vat qilish jinoyat hisoblanadi.

“Bunday libosga boshqalarni majburan da’vat qilgan kimsalar davlat nazoratida bo’ladilar, ular qo’lga olinadi yoki 3 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadilar”, deya yozadi IslamNews.

Bir vaqtning o’zida Xitoy prokuraturasi va oliy sudi “ekstremistik libos” atamasi va ramzini aniq aytmagan. Ya’ni ekstremistlar qatoriga har qanday diniy mazmundagi libosni kiritishi mumkinligi ko’zda tutilgan. Ular qatoriga hijob, niqob yoki hatto monaxlarning ridosi ham kiritilishi mumkin.

Bundan tashqari “diniy libosga” targ’ib etuvchi odamlar, xossatan ayollari e’tiqodga muvofiq kiyingan erkaklar jinoiy javobgarchilikka tortiladilar.

Bu to’g’rida tartibni saqlash organlari uchun yangi imtiyozlar berildi.

Ta’kidlash joizki, Xitoy prezidenti TSi Szinpin rahbarligi davrida mamlakatda dinga qarshi keng ko’lamli amaliyotlar sodir etilgan. Birgina 2013 yilda 1200 dan ortiq cherkov xochlari aholidan tortib olingan. Bugungi kunga kelib bu qonxo’r prezident Shinjon musulmonlarini turli azoblarga giriftor qilmoqda.

Turkiston:

Xitoy tomonidan Uyg’uristonni bugungi mukammal mustamlaka holatiga olib kelinishi, dunyo musulmonlari uchun saboq bo’lishi lozim. Xitoy avval asta sekin islomiy jamoalarni Musulmon hukumat kuchlari vositasida siquvga oldi. So’ng xan-sular bilan hamkorlikda “terroristlarga qarshi kurash” kabi kufr o’ylab topgan atamalar vositasida Musulmonlarga qarshi kurasha boshladi. Xitoy hukumati Musulmonlar qo’li bilan uyg’uristonning etakchi guruhini bartaraf etishga muvaffaq bo’ldi. Tabiiyki Uyg’ur siyosiy elitasi ham barbod bo’ldi.

Bugunga kelib, Uyg’urlarni boshqarib ketishi mumkin bo’lgan barcha guruhlar va shaxslar jismonan yo’q qilindi yoki tashqi davlatlarga quvg’in qilindi. Xitoy mushriklarining ushbu loihalariga Musulmonlar avvalida o’ta beparvo qarashgan edilar. Ular Xitoyning matbuoti tarqatayotgan ma’lumotlardan chalg’ib g’aflatda qolishdi. Musulmonlar “Xitoy Xan-sulari terroristlarni bartaraf qilib olishlari bilan bizlarni tinch qo’yishadi”, deb o’ylashdi.

Lekin ular qattiq adashishdi. Chunki kufr olami terrorist, ekstremist deya atab, Musulmonlarlarni bevosita ishtirokida yoki sukuti va roziligi vositasida quvg’in qilib kelayotgan bu qatlam vakillari terroristlar emas, aksincha, kufrning Musulmonlarlarni bira to’la oyoq osti qilib yuborishlariga imkon bermay, mahkam turgan fidoiylar qatlami edi. Uyg’uristonning bugungi holati bunga yorqin misol bo’la oladi.

O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston… va hokazo, barcha diniy qadriyatlar va Musulmonlar qadrsizlanib borayotgan mamlakatlar xuddi Uyg’uriston singari bir xil loiha asosida shu kundagi xor holatiga kelib qolishdi. Kufr bu loihasiga ko’ra, avval oddiy xalq manfaatlariga ziyon etadigan darajada biror qo’poruv amaliyotlari uyushtirib, uni biror islomiy guruh vakillariga to’nkaydi. Bu vahshiyliklarning o’sha islomiy guruhlar tomonidan ekaniga insonlar ishonch hosil qilgunlaricha yoki taqdirga tan berib, kufr organlari bu guruh vakillarini qo’lga olishlariga rozi bo’lgunlaricha, bu iflos amaliyotlar izma-iz davom ettirilaveradi. So’ng kufr kuchlari keyingi qatlam vakillariga o’tishadi. So’ng undan keyingisiga.

Oqibatda, bugungi Uyg’ur birodarlarimizning boshiga tushib borayotgan kun keladi. Masjidlar yopiladi, hijob ta’qiqlanadi, Quron o’qish va o’qitish ta’qiqlanadi. Qirg’izistonda ham, xuddi Qozog’iston yoki O’zbekistonda bo’lgani singari “tablig’” jamoati taqiqlanish arafasida turipti. Ular hozirda, Qirg’iziston muftiysi Toktomushevni “tablig’” jamoasiga a’zo degan da’voni ko’tara boshlashdi. Qirg’iziston esa, himoyalanish asosida ish ko’rib, Muftiyni o’sha da’vatchilar jamoatiga a’zomi yo’qmi tekshira boshlashdi. Bu Qirg’iziston uchun “tablig’” jamoatini taqiqlanishiga bo’lgan bosim va shu yo’lga qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Ular (qo’shni davlatlar) Qirg’iziston muftiyci, bizda ta’qiqlangan jamoa vakili bo’lgani uchun o’z yurtimizda qabul qila olmaymiz degan bahona bilan uni almashtirib qo’yishmoqchi. “Tablig’” jamoasi, davatchilar nomi bilan dunyoda tanilgan musulmonlar jamoasi hisolanishadi. Ular siyosiy faoliyatlardan o’zlarini tiyishgan. Hukumat qonunlari chegarasida daavat faoliyatlarini olib borishadi. Ular hatto muftiyat qaramog’idagi masjidlar faoliyatiga ham aralashishgan emas.

Shunday ehtiyotkorlikka qaramay, ularni ham Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi kabi ta’qiqlay boshlashdi. Ilgari Musulmonlar, hukumat siyosiy islomiy faoliyatlarga qarshi kurashish bilan kifoyalanadi deb adashishgan edilar. Ular, Qur’onda “ular (kofirlar) sizlar ularning dinlariga kirmagunlaringcha aslo rozi bo’lishmaydi” degan ma’nodagi oyatlariga rioya qilishmadi. Ollohning oyatlari nafaqat haq ekanini voqe’lik isbotlab kelayapti. Kufr olamiy sistemasi, muayyan islomiy guruhlarga emas, Islom va Musulmonlarga, ularni olamda aziz qilib kelayotgan islomiy aqida asosidagi Islom mafkurasiga qarshidir. Shuni olam Musulmonlariga tushuntira olsak, biz albatta g’alaba qilamiz insha Alloh. Aks holda kufr sistemasi biz Musulmonlarni birimizni birimiz bilan xorlab kelaveradi.

Izohlar yo'q