AQSh prezidenti Barak Obama Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni hamda Suriya va Eron masalalarini muhokama qildi. Obama Netanyahu bilan Oq uyda uchrashdi. Ikki davlat rahbari Oval ofesida uchrashuv o’tkazishdan avval jurnalistlarga bayonot berishdi.
“Begunoh, ma’sum isroilliklarga hujum qilayotgan Falastinliklarni tanqid ostiga olishimni ochiq aytmoqchiman. Isroil o’zini himoya qilish huquqiga egaligi va bundan mas’ul ekanligiga doir chuqur ishonchimni ham yana bir bor tilga olib o’tmoqchiman”, “Isroil Falastindagi terrorga qarshi o’zini himoya qilishga haqli”, dedi AQSh prezidenti.
Isroil davlatining xavfsizligi AQSh tashqi siyosatida muhim o’rinni egallashiga ishora qilgan Obama buning uchun harbiy va razvedka masalalarida ikki davlat o’rtasida hamkorlik olib borilayotganini qayd etdi. Shuningdek, u yahudiylarga ko’rsatilayotgan yordamlar faqatgina Isroilning xavfsizligi uchun emas, balki AQShning ham xavfsizligini o’ylab amalga oshirilayotganini bildirdi.