Suriya inqirozini hal qilish uchun Suriyadan faqatgina ofitsant ishtirok etdi

0
563

Suriya muammosini hal qilish uchun Avstraliya poytaxti Venada tashkil qilingan konferentsiyada Suriyadan birorta ham vakil ishtirok etmadi. Faqatgina bir dona suriyalik bundan mustasno. U ham bo’lsa masalani hal qilish uchun dunyoning turli davlatlaridan kelgan siyosatchilar uchun ofitsantlik vazifasini bajarar edi.

“Der Postillon” nomli gazetaga intervyu bergan suriyalik Nizar Houri konferentsiya o’tkazilayotgan mehmonxonada ofitsant bo’lib ishlaganligi tufayli ixtiyorsiz ravishda konferentsiyaga ishtirok etishga to’g’ri kelganligini bildirdi. 25 yoshli Hourining aytishicha, u konferentsiya boshlanishidan avval Suriyadan kimlar kelishiga rosa qiziqqan, biroq konferentsiya boshlangandan so’ng o’zidan boshqa suriyalik yo’qligiga amin bo’lgan.

“Konferentsiyaga yig’ilgan hay’at AQSh, Britaniya, Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr, Iroq, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Ummon, Livan, Iordaniya, Yevropa Ittifoqi, Frantsiya, Italiya, Germaniya va BMT tamsilchilaridan iborat bo’lganligi sababli Suriya harholda esdan chiqib qolgan bo’lsa kerak-da”, deya hazilomuz gap qildi ofitsant.

Suriyalik ofitsant Konferentsiya davomida o’z vazifasini ado etar ekan, mazkur davlatlardan tashrif buyurgan vakillar Suriyada tinchlikni saqlash va davlat kelajagini rejalashtirish uchun tilga olgan gaplarni eshitish juda ajoyib ekanligini bildirdi.

Izohlar yo'q