Rossiya federal havfsizlik rahbari MDH davlatlarini terror (Islom)ga qarshi kurashda O’zbekiston tajribasidan foydalanishga chaqirdi

0
467

 Islom va musulmonlarga qarshi kurashni kundan-kunga kuchaytirib borayotgan Putin rejimi bu kurashni Markaziy Osiyo respublikalariga ham yoyishga harakat qilmoqda. Bu maqsadini amalga oshirish uchun esa rus hukumati “ISHID” tashkiloti vahimasidan unumli foydalanishga jiddiy eytibor qaratib kelyapti. Putin rejimi Afg’onistonda “ISHID” kuchayib borayotganini tinimsiz taykidlash yo’li bilan Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarini yuraklariga g’ulg’ula solish orqali ularning shundoq ham Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashlarini yanada kuchaytirishga targ’ib qilib, kerak bo’lsa bosim ham o’tkazib kelmoqda.

 CHorshanba, 28 oktyabr kuni Moskvada bo’lib o’tgan Mustaqil davlatlar hamdustligi (MDH) havfsizlik idoralari rahbarlarining 39-yig’ilishidagi asosiy mavzu ham halqaro terrorchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirishga bag’ishlandi.

 Yig’ilishga raislik qilgan Rossiya Federal havfsizlik hizmati rahbari Aleksandr Bortnikov yana bir bor Afg’onistonning Markaziy Osiëga tutash hududlarida Tolibon va u bilan hamkorlik qilaëtgan “ISHID” tashkilotining jangarilari ko’paygani, terrorchilarning chegaradan o’tib, mintaqaga hujum qilish havfi keskin kuchayib borayotganini taykidladi. Bortnikov MDHga ayzo davlatlarning havfsizlik hizmatlari terrorchilar hamda ularning hamkorlariga qarshi samarador kurashish uchun o’zaro maylumot almashishni yo’lga qo’yishi lozimligini ham aytib o’tdi.

“Terrorchilarning shahsiy maylumotlari, ularning rejalari va sheriklari bo’yicha razvedka ahborotini almashish ishini o’stirish lozim”, – dedi Aleksandr Bortnikov.

 Bundan tashqari Aleksandr Bortnikov huddi Putin rejimi kabi, terrorist deganda faqatgina musulmonlarni tushunadigan va musulmonlarga qarshi adovat bilan kurash olib borayotgan  O’zbekiston hukumatini olqishlab, bu rejim terror (Islom)ga qarshi kurashda “ijobiy tajriba to’play olgani”ni aytib, MDH ayzo boshqa davlatlar ham bu tajribadan unumli foydalanishlariga chaqirdi.

Izohlar yo'q