Iydi Qurbon (Iyd al-Azha) muborak bo’lsin

0
682

Iydi Qurbon (Iyd al-Azha) muborak bo’lsin

“Allohu akbar, Allohu akbar, La ilaha illollohu vallohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd”

Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan Islom dinini g’olib qilishni hamda ularning ahvolini xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qilgan Allohga hamdu sanolar bo’lsin.

Mana yana bir necha kundan so’ng musulmonlar uchun buyuk bayram bo’lgan Qurbon hayiti yana huzurimizga kirib keladi. Bu bayram bilan eng avvalo butun dunyo musulmonlarini, shu jumladan, Qirg’iziston musulmonlarini chin qalbimiz bilan tabriklaymiz, ularga yaxshiliklar tilab, Alloh rizosi uchun qilgan butun ibodatlaringiz qabul bo’lishini so’rab qolamiz.

Garchi bu yilgi Qurbon hayiti ham biz musulmonlar uchun alamli va og’riqli voqealar bilan qorishiq kelayotgan bo’lsada, kelajakka umid ila boqib, Allohdan Ummat boshidagi musibatlarni ko’tarishini so’rab qolamiz.

Insha Alloh keyingi hayit bayramlari tabrigini shaxsan Xalifamizning o’zidan eshitishni Ulug’ Robbimizdan yolvorib so’raymiz. Zero, Xalifalik davlatiga musulmonlar Xalifasi bosh bo’lib odamlarni bu zulmlardan Islom nuri va adolatiga olib chiqadi.

Barchangizni muborak Qurbon hayit bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz. Alloh Subhanahu va Taolo barchalarimizni O’zining Haq yo’lidan adashtirmasin hamda O’z nusrati bilan rizqlantirsin!

Turkiston.

Izohlar yo'q