Suriya muxolifatiga AQShda tayyorlangan jangarilar qo’shildi

0
531

Amerikalik instruktorlar tomonidan tayyorlangan 70 nafar jangchi Turkiya xududi orqali Suriyaga kirdi, deb xabar beradi AQSh qurolli kuchlari markaziy qo’mondonligi axborot xizmati.

Aytilishicha, “Suriyaning yangi kuchi” deb atalayotgan otryad muxolifatning mamlakat shimolidagi xatti-harakatlarida etakchilik vazifasini bajarishi kutilmoqda.

“Xalqaro koalitsiya ko’magida Suriyaning yangi kuchlari muxolifatning sara otryadlari safida jang qiladi hamda ular yirik bo’linmalar samaradorligini oshirish uchun maxsus dasturlar davomida to’plagan tajribalarini qo’llaydi”, – deyiladi xabarnomada.

manba: “kun.uz”

Turkiston:

“Asad iqtidordan ketish kerak. Ammo uning ketishi birinchi kundan yoki birinchi oydan e’tiboran amalga oshishi shart emas”, dedi Kerri Asadning ketishi haqida berilgan savolga javoban. “Suriyada uzoq davom etib kelayotgan janglarni tugatish uchun barcha davlatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishni aslo kechiktirib bo’lmaydi. Bu borada Hammond bilan famfikrmiz”, dedi AQSh bosh kotibi Angliyada bo’lib o’tgan rasmiy safari chog’ida.

AQSh, IShID va Asad rejimidan o’z manfaatlari yo’lida mumkin qadar unumli foydalanish yo’llarini izlamoqda. Asadni o’rniga muxolif hukumat va harbiy tayorgarlikdan o’tib borayotgan askariy kuchlar ham tayyorlab borayapti. Lekin hozirdagi mavjud Asadga muxolif quvvatlarni ham o’zi dastaklab, vaziyatdagi muvozanatni vaqtincha ushlab turipti.

Yevropani tashvishga solib borayotgan qochqinlar masalasida va butun dunyo oldidagi Suriyada borayotgan vahshiyliklarga sababchi qatoriga Rossiyani yana torta boshlagani sezilib turipti. Angliyadagi bayonotida, Yevropadagi qochqinlar muammosi Suriyada kechayotgan urushning oqibatlaridan biri ekanligini aytib o’tgan Kerri “Rossiya IShIDga qarshi anchagina kurash olib borishi kerakka o’xshaydi”, deya qo’shimcha qildi.

Suriya muammosi sun’iy muammo bo’lib, uni kufr sistemasi o’zining qattiq nazorati ostida, kelishgan hollarida o’zlari uchun qulay holatda olib borishayapti. AQSh va unga xizmat qilib kelayotgan bir qancha kufr davlatlari, Musulmonlarni va butun insoniyatni chalg’itish maqsadida, u erdagi holatni butun insoniyat uchun xavfli qilib ko’rsatish maqsadida Musulmonlarni o’zlariga qarshi provokatsiya qilib yoki o’zlari mujohidlar nomidan amaliyotlar uyushtirib, butun dunyoni o’z atrofiga birlashtirib olmoqchi bo’lishayapti.

E’tibor bering, Rossiyani parchalab yuborish arafasiga olib kela olgan AQSh, IShIDga, shimoliy Koreyaga, Isroil yoki Eronga kuchi etmayotgan emish. Aslida AQSh bu quvvatlarni o’zi har tomonlama dastaklab, xalqaro qonun qoidalar vositasida u erlardagi rejimlarni saqlab keladi. Maqsadi, ular bilan boshqa mamlakat yoki mintaqalarni qo’rquvda ushlab turish. Bu davlat yoki tashkilotlarning birortasi AQShning iznidan chetga chiqishi bilan, Saddam yoki Kazzofiy rejimlarining kuni boshiga tushishi aniq.

AQSh Suriyada Asadga yoki IShIDga qarshi kurashayotgani yo’q. U vaziyatlarni o’ manfaati tomon burib, paydo bo’lib borayotgan yangi vaziyatlardan yana o’z manfaatlarini qidirishda davom etayapti.

Izohlar yo'q